Янгиликлар

Navbatdagi maktablarning issiqlik tizimi o'rganildi

Navbatdagi maktablarning issiqlik tizimi o'rganildi

Joriy yilning 14-dekabr kuni tuman hokimi D.Shakarboyev 1-sektor Zarmitan hududidagi umumta’lim maktablarida bo‘lib, issiqlik tizimining qay darajada ishlashi, sinf xonalarning issiqlik holatini ko'zdan kechirdi. 

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha ma'sullarga tegishli topshiriqlar berildi. 

Bu borada o'rganishlar davom etmoqda...

Sayyor qabul

Joriy yilning 14-dekabr kuni Qo'shrabot tumani Zarmitan MFYda joylashgan  34-maktab binosida tuman hokimi D.Shakarboyev, sektor rahbarlari hamda korxona va tashkilot rahbarlari ishtirokida Zarmitan mahalla fuqarolar yig'inlari aholisi uchun navbatdagi Sayyor qabuli bo'lib o'tdi.

Qabul davomida asosan ishga joylashish, yo'llarni ta'mirlash, tibbiyot, gaz va boshqa masalalar yuzasidan 26 ta fuqarodan 31 ta murojaat kelib tushdi.

Ushbu murojaatlar to'liq nazoratga olinib, ijro uchun tegishli mas'ullarga biriktirildi.

1-o'rinni egallagan sportchilar taqdirlandi...

Qo‘shrabot tuman hokimligi katta majlislar zalida "Besh tashabbus olimpiadasi"  ikkinchi mavsum sportning Voleybol turi boʻyicha Respublika bosqichida faxrli 1-oʻrinni egallagan sportchilarni hamda oʻquvchi qizlar o‘rtasida informatika fanidan “Viloyat hokimi mukofoti uchun” fan olimpiadasining tuman bosqichi g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM