1-o'rinni egallagan sportchilar taqdirlandi...

Qo‘shrabot tuman hokimligi katta majlislar zalida "Besh tashabbus olimpiadasi"  ikkinchi mavsum sportning Voleybol turi boʻyicha Respublika bosqichida faxrli 1-oʻrinni egallagan sportchilarni hamda oʻquvchi qizlar o‘rtasida informatika fanidan “Viloyat hokimi mukofoti uchun” fan olimpiadasining tuman bosqichi g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Shuningdek, tadbir yakunida Open byudjet loyihasi doirasida "Maktablarga musiqa asboblari va badiiy kitoblar" tashabbusi boʻyicha tumandagi barcha umumta’lim maktablariga 5 turdagi (rubob, doira, nay va dutor) jami 352 mln 632 ming so‘mlik cholg‘u asboblari topshirildi.

 

 

 

 

 

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM