Sayyor qabul

Joriy yilning 14-dekabr kuni Qo'shrabot tumani Zarmitan MFYda joylashgan  34-maktab binosida tuman hokimi D.Shakarboyev, sektor rahbarlari hamda korxona va tashkilot rahbarlari ishtirokida Zarmitan mahalla fuqarolar yig'inlari aholisi uchun navbatdagi Sayyor qabuli bo'lib o'tdi.

Qabul davomida asosan ishga joylashish, yo'llarni ta'mirlash, tibbiyot, gaz va boshqa masalalar yuzasidan 26 ta fuqarodan 31 ta murojaat kelib tushdi.

Ushbu murojaatlar to'liq nazoratga olinib, ijro uchun tegishli mas'ullarga biriktirildi.

 

 

 

 

 

 

 

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM