Янгиликлар

RASMIY MUNOSABAT

Samarqand LIVE telegram kanali orqali Qo‘shrabot tumani Shova mahallasi sun’iy qoplamali mini futbol maydonchasi qurish bo‘yicha tashabbusli byudjet loyihasida 2023-yilning birinchi bosqichida g‘olib bo‘lganligi va 500 million so‘m mablag‘ ajratilgani, avgust oyiga kelib, loyihani tenderda yutgan qurilish firmasi rahbari 30x15 metr kattalikdagi maydon qurilishini bildirgani va aholi loyiha doirasidagi maydon qurilishini talab qilganidan so‘ng ish boshlanmay qolib ketganidan qilingan murojaat yuzasidan RASMIY MUNOSABAT

RASMIY MUNOSABAT

Qo‘shrabot tumani Qo‘rolos mahallasida yashovchi yolg‘iz ona Ergasheva Tursinoy Xubbimtosh qizi facebook ijtimoiy tarmog‘i orqali murojaat yo‘llab, unda uning ikki nafar voyaga yetmagan farzandi bo‘lib, hozirda fuqaro uysiz ekanligi, mutasaddilardan yolg‘iz ona hamda boquvchisi yo‘qligini inobatga olgan holda subsidiyaga uy olishda amaliy yordam berishlarini so‘rab qilgan murojaati yuzasidan RASMIY MUNOSABAT

Respublika ishchi guruhi Qo‘shrabot tumanida

Joriy yilning 27-sentyabr kuni Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari Baxriddin Valiyev boshchiligidagi ishchi guruh Qo‘shrabot tumanining "Xonnazar" mahallasida bo‘lib, mahalla beshligining faoliyati, mahallaning kriminogen vaziyati, aholining turmush sharoiti, xotin-qizlar hamda yoshlarning ish bilan bandligi va boshqa shu kabi masalalar bo‘yicha mahalla beshligining axborotini tinglab, mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, infrastrukturani  yaxshilash, fuqarolar tomonidan yo‘llanayotgan har bir murojaatga o‘z vaqtida yechim topish bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifa va topshiriqlar berdi

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM