Qo‘shrabotda ustoz va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi

Mamlakatimizda har yili 1-oktabr sanasi "O‘qituvchi va murabbiylar" kuni etib belgilanganligi, katta shodu xurramlik bilan bayram qilinishi ham ana shunday hurmat-ehtirom va e’zozning davlat miqyosidagi ifodasidir.

 

 

Tuman markazidagi Diyora bazmgohida 1-oktabr - "O‘qituvchi va murabbiylar" kuni munosabati bilan ustoz va murabbiylarga bag‘ishlangan tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda tuman hokimi Dilshod Shakarboyev va sektor rahbarlari ishtirok etib, tumandagi barcha ustoz va murabbiylarni kasb bayrami bilan tabrikladi.

 

 

Shuningdek, faol va tashabbuskor, fidoyi ustoz va murabbiylarga tuman hokimligining faxriy yorliq, tashakkurnoma hamda qimmatbaho va esdalik sovg‘alari topshirildi.

 

Qo‘shrabot tumani hokimligi axborot xizmati

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM