YASHIL MAKON

 Xabaringiz bor tumanimizda “yashil makon” umummilliy loyihasi davom etmoqda!

 Bugun tuman hokimi Dilshod Shakarboyev o’z ishkuni uchun rejalashtirgan "yashil makon" umummiliy loyihasini jadallashtirish tumanning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini va axolining turmush tarzini  ko’zdan kechirish uchun aftobusda yo’lga chiqdi.

 Mazkur jarayonda tuman tashkilot rahbarlari ham qatnashib birgalikda
 1-sektor hududini ko’zdan kechirishdi.

 Kuzatuv jarayonida tuman hokimi magistral yo’l atrofidagi hududlarni loyihaga kirg’izib, tuman tashkilotlariga taqsimlab berdi.

 Mutaxasis bilan birgalikda hududga ekilishi kerak bo’lgan ko’chat turlari kelishildi va aniq reja-grafik ishlab chiqildi.

 Topshiriqlar ijrosini ta’minlash va qish mavsumiga qadar loyihaga kiritilgan rejani bekamiko’st bajarishni mutasadillar o’z oldilariga maqsad qilib olishdi.
 
 
 
 
 

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM