“Open budget”: Sarhisob va istiqbol

Tuman ishchi guruhining 2022-yil 1-mavsum  3-chorakida jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar va bajarilgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi “Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5072-son qarori hamda va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 22-apreldagi “Mahalliy byudjet mablag‘lari sarflanishida jamoatchilik ishtirokini ta’minlash to‘g‘risida”gi KQ-213-IV-son qarorlari asosida “Ochiq byudjet” axborot portalida “Tashabbusli byudjet” jarayonlari o‘tkazib kelinmoqda.

Fuqarolar tomonidan bildirilgan takliflarni amalga oshirish uchun tuman hokimligida “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i shakllantirildi. Ushbu jamg‘armaga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi “Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5072-sonli qaroriga asosan Yakuniy xulosa ovozlar soniga ko‘ra, yuqoridan pastga tamoyili asosida, shuningdek, “Fuqarolar tashabbusi” jamg‘armasida shakllangan mablag‘lar hajmidan kelib chiqib aniqlandi. Bunda, amalga oshirish qiymati 4301 mln. so‘mni tashkil etgan 6 ta loyihalar (7559 ta ovoz to‘plagan holda) g‘olib deb topildi. Ya’ni,

G‘olib deb topilgan loyihalarni amalga oshirish yuzasidan buyurtmachi tashkilotlarni aniqlash bo‘yicha manzilli ro‘yxat shakllantirilib, xalq deputatlari tuman Kengashining 2022-yil 12-apreldagi VI-40-45-7-97-K/22-sonli qarori bilan tasdiqlandi. Har bir loyiha uchun buyurtmachi tashkilotlarga “401722...” mablag‘lar manbasi bilan alohida hisobvaraqlar ochgan holda mablag‘lar o‘tkazib berildi va axborot portalida “g‘olib” deb topilmagan boshqa loyihalar moliyalashtirilishiga yo‘l qo‘yilmadi.

 

Bugungi kunda ushbu g‘olib deb topilgan takliflarni amalga oshirish “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq belgilangan tartibda amalga oshirilmoqda. Jumladan,

1-o‘rinni egallagan “Tumandagi  Shovana MFY yo‘llarini ta’mirlash” taklifini amalga oshirish ishlari to‘liq yakunlandi va foydalanishga topshirildi.

2-o‘rinni egallagan “Tuman Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 66-umumta’lim maktabiga panelli sport zal  qurish” taklifini amalga oshirish uchun bugungi kunda loyiha-smeta hujjatlari shakllantirildi. Pudratchi korxonani aniqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi davlat xaridlari axborot portali orqali o‘tkazilgan tendirda “Urolov O‘tkir qurilish” MCHJ g‘olib chiqdi. Bugungi kunda ushbu MCHJ o‘rtasida loyihani amalga oshirish yuzasidan shartnomalar tuzilib loyihani amalga oshirish ishlari yakuniy bosqichda.

3-o‘rin “Tumandagi Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli muassasalarda ta’lim sifatini yanada oshirish va takomillashtirish maqsadida maktablarga zamonaviy tipdagi interaktiv doskalar sotib olish taklifini amalga oshirish uchun loyiha doirasida ajratilgan pul mablag‘lari davlat haridlari portalida e’longa joylashtirilib, yutib olgan jihozlar  ta’minotchilar tamonidan Xalq talimi bo‘limiga yetkazib berilgan.

4-o‘rinni egallagan “Tuman Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 85-umumta’lim maktabiga panelli sport zal  qurish” taklifini amalga oshirish uchun bugungi kunda loyiha-smeta hujjatlari shakllantirildi. Pudratchi korxonani aniqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi davlat xaridlari axborot portali orqali o‘tkazilgan tendirda “Mirzo G‘olib invest” MCHJ g‘olib chiqdi. Bugungi kunda ushbu MCHJ o‘rtasida loyihani amalga oshirish yuzasidan shartnomalar tuzilib loyihani amalga oshirish uchun qurilish ishlari davom etmoqda.

5-o‘rinni egallagan “Xalq ta’lim bo‘limiga qarashli 60-umumta’lim maktabiga ichimlik suvi chiqarish hamda temir panjara  to‘siq o‘rnatish” loyiha-smeta hujjatlari shakllantirilib, Pudratchi korxonani aniqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi davlat xaridlari axborot portali orqali o‘tkazilgan tendirda “TEXNO ROVOT” XK g‘olib chiqdi. Bugungi kunda ushbu XK o‘rtasida loyihani amalga oshirish yuzasidan shartnomalar tuzilgan va qurilish ishlari boshlab yuborilgan.

6-o‘rinni egallagan Tuman davlat maktabgacha ta’lim  bo‘limiga qarashli DMTTlariga modiy texnik bazasini mustahkamlash yumshoq mebl va oshxona jihozlari bilan ta’minlash” taklifini amalga oshirish uchun loyiha doirasida ajratilgan pul mablag‘lari davlat haridlari portalida e’longa joylashtirilib, yutib olgan jihozlar  taminotchilar tamonidan xalq talim bo‘limiga yetkazib berilgan.

Mening yo‘lim loyihasi bo‘yicha 20 ta takliflar kelib tushgan bo‘lib, Qo‘shtamg‘ali MFY Qorakissa-1 ko‘chasi 5133 ta ovoz bilan g‘olib deb topilgan loyiha doirasida 1020 mln.so‘m pul mablag‘lari tuman obodonlashtirish bo‘limiga hisob raqam ochilib o‘tqazib berilgan va loyiha to‘liq yakunlangan.

 

 

Qo‘shrabot tuman hokimligi

oliya bo‘limi mudiri v.v.b                                      M.Tayirov

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM