Jarima maydonchasiga qo'yildi

Joriy yilning 24-oktabr kuni Qo'shrabot tuman Majburiy ijro byurosi tomonidan qarzdor "Yuqori Saroy Jobutoy servis" MCHJdan O'zsanoatqurilishbank ATB foydasiga 2 754 015 558 (ikki milliard yetti yuz ellik to'rt million o'n besh ming besh yuz ellik sakkiz) so'm kredit qarzdorligi uchun garov mulki bo'lgan xo'jalik mollar do'koni xatlandi va 30Q576UA davlat raqam belgili ISUZU FVR 34Q rusumli avtotransport vositasi xatlanib jarima maydonchasiga qo'yildi.

MIB Qo'shrabot tuman bo'limi davlat ijrochisi:                              N.Suyunov

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM