Ma'lumot

Қўшработ тумани аҳолига моддий ёрдам, болалар пули, нафақа ва пенсия ажратилиши борасида амалга оширилаётган ишлар тўғрисида

 

Qo‘shrabot tumani aholiga moddiy yordam, bolalar puli, nafaqa va pensiya ajratilishi borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida

Tumanda, so‘ngi yillarda 3 ta daftar, ya’ni “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ni yuritish orqali ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘ir oilalar muammolarini tizimli ravishda hal etish hamda ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ko‘pgina ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Xatlov natijalari bilan “Temir daftar”da yil boshida 52 ta oila bo‘lgan bo‘lsa, yil davomida 661 ta oila kiritilib, olib borilgan barcha turdagi amaliy ishlar natijasida 615 ta oila chiqarilgan va bugungi kunda 98 ta oila “Temir daftar”da qolmoqda. 
“Ayollar daftari”ni yuritish orqali ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘ir ayollar muammolarini tizimli ravishda hal etish hamda ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borilgan ishlarimiz natijasida 2022 yil yanvar oyida 3-chi bosqichda 2117 nafar ayollar “Ayollar daftari”ga kiritilib, turli ijtimoiy yordam choralari ko‘rsatilmoqda. 
Tumanda ishsiz, ijtimoiy ko‘makka muhtoj yoshlar “Yoshlar daftari”ga kiritilib, turli sohalar bo‘yicha bandligi ta’minlandi va belgilangan tartibda turli yordam choralari ko‘rsatilib kelinmoqda.
Ushbu 3 ta daftardagi fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va bandligini ta’minlash uchun joriy yilning bugungi kunigacha 
6 mlrd 159 mln.so‘mdan ortiq mablag‘lar yo‘naltirildi.
Jumladan, “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 
2 585 mln.so‘m, “Yoshlar daftari” jamg‘armasi hisobidan 1 524 mln.so‘m, “Ayollar daftari” jamg‘armasi hisobidan 2 050 mln.so‘m, jami 6 159 mln.so‘m turli ijtimoiy yordam choralari (moddiy yordam, davolanish xarajatlari, asbob-uskuna va jixoz, o‘qish shartnomasi) ko‘rsatildi.  

Qo‘shrabot tumani Pensiya jamg‘armasi tomonidan fuqarolarga ajratilayotgan pensiya, moddiy yordam va nafaqalar to‘g‘risida

Davlat pensiyalari O‘zbekiston Respublikasi “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonuni va pensiya ta’minotiga oid boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga qat’iy rioya qilingan holda tayinlanadi va to‘lanadi.
Bo‘limda, ya’ni Qo‘shrabot tumanida pensiya va nafaqa oluvchilar soni 
13552 nafarni tashkil qilib, joriy oktyabr  oyida talab qilingan mablag‘, jami 
13  milyard 540 million so‘mni tashkil qiladi. 
-yoshga doir pensiya va nafaqa oluvchilar – 8857 nafar;
-nogironlik pensiyasi oluvchilar soni – 1143 nafar;
-boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalari – 1117 nafar;
-ijtimoiy nafaqalar – 2349 nafar.
2022 yilning yanvar-sentyabr oylarida, jami 698 nafar fuqarolarga pensiya va nafaqalar yangidan tayinlangan.
Jumladan:
yoshga doir pensiya – 308 nafar;
nogironlik pensiyasi – 49 nafar;
boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi – 52 nafar;
ijtimoiy nafaqalar – 289 nafar.
Shuningdek, joriy yilning 8 oyi davomida 12 nafar fuqarolarning pensiya ishlari qo‘shimcha hujjat taqdim etganligi sababli qayta hisoblangan.

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” AT orqali  kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam ajratilishi tartibi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yilning 4 avgustdagi “Aholiga davlat ijtimoiy xizmatlari va yordam taqdim etish tartib-taomillarini avtomatlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4797-sonli Qaroriga asosan Pensiya jamg‘armasi Qo‘shrabot tumani bo‘limi tomonidan 2020 yilning noyabr oyidan boshlab ijtimoiy nafaqalar to‘g‘risidagi arizalarni ko‘rib chiqish va tayinlash amalga oshirila boshlandi. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 21 oktyabrdagi “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 654-sonli Qarori bilan kam ta’minlangan oilalarni “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali aniqlash hamda ularga ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida Nizom tasdiqlangan.Ushbu nizomga asosan kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” AT orqali  inson omili ishtirokisiz tayinlanadi.
Bo‘lim tomonidan o‘tgan 9 oy davomida 13 866 nafar fuqaroning arizalari “Ijtimoiy ximoya yagona reyestri” Axborot tizimiga kiritilgan bo‘lib, bugungi kunga qadar 7 875 nafar fuqarolarning arizasi rad etilgan.  “Ijtimoiy ximoya yagona reyestri” axborot dasturi tizimi 5 991 nafar fuqaroning arizasi dasturda tayinlangan. Pensiya jamg‘armasining Qo‘shrabod tumani bo‘limi 2022 yilning yanvar-sentyabr oylarida kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam uchun mahalliy byudjet hisobidan 31 288,0  mln so‘m mablag‘ moliyalashtirildi. Shundan, kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi 30 488,0 mln  va moddiy yordam  uchun 0,8 mln so‘m mablag‘ moliyalashtirilgan.

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM