2022-yil 2-mavsumda jamoatchilik fikri asosida shakillangan hamda g‘olib deb topilgan loyixalar to‘g‘risida ma’lumot

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi “Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5072-son qarori hamda va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 22-apreldagi “Mahalliy byudjet mablag‘lari sarflanishida jamoatchilik ishtirokini ta’minlash to‘g‘risida”gi KQ-213-IV-son qarorlari asosida “Ochiq byudjet” axborot portalida “Tashabbusli byudjet” jarayonlari o‘tkazib kelinmoqda.

“Ochiq byudjet” portalining tashkil etilishidan maqsad, bevosita fuqarolar tashabbus va talablarini inobatga olgan holda hududlardagi kamchiliklarni bartaraf etishdan iborat.

Tumanimizda  jamoatchilik fikri asosida  fuqarolar tomonidan  2-mavsumda 104 ta takliflar bildirilgan bo‘lib, shulardan  tuman hokimligida tuzilgan ishchi guruh fuqarolar tomonidan “Ochiq byudjet” axborot portaliga joylashtirilgan loyihalarni mezon me’yorlariga asosan tanlab olishdi va keyingi bosqichga                    77 ta  loyixa takliflar o‘tkazildi. Yakuniy xulosa ovozlar soniga ko‘ra, yuqoridan pastga tamoyili asosida, shuningdek, “Fuqarolar tashabbusi” jamg‘armasida shakllangan mablag‘lar hajmidan kelib chiqib aniqlandi.Bunda, amalga oshirish qiymati 4000 mln. so‘mni tashkil etgan 4 ta loyihalar (23379 ta ovoz to‘plagan holda) g‘olib deb topildi.

“Tumandagi  Chinoq MFY yo‘llarini ta’mirlash” taklifi 6872 ta ovoz bilan
1-o‘rinni;

“Tuman Qo‘shtamg‘oli MFY yo‘llarini ta’mirlash” taklifi 6073 ta ovoz bilan 2-o‘rinni;

“Tuman xalq ta’limi bo‘limiga qarashli umumta’lim maktablariga kitob va musiqa asboblari bilan ta’minlash ” taklifi 5341 ta ovoz bilan 3-o‘rinni;

“Tuman sport maktabiga mini futbol maydonchasi qurish ” taklifi 5093 ta ovoz bilan  4-o‘rinni;

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM