4 ta hududda sinov tariqasida aholini roʼyxatga olish jarayonlari boshlandi

4 ta hududda sinov tariqasida aholini roʼyxatga olish jarayonlari boshlandi.

2021 yilning 11 noyabr sanasidan boshlab, Аndijon viloyatining Xoʼjaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida uyma-uy yurib, sinov tariqasida aholini roʼyxatga olish jarayonlari boshlandi. 

Аvval xabar berib oʼtganimizdek, 1-5 noyabrь kunlari sinov tariqasida aholini onlayn (https://census.stat.uz/) roʼyxatga olish oʼtkazildi. 

Mazkur 4 ta hududning onlayn roʼyxatdan oʼtmagan aholisi 11-25 noyabrь kunlari roʼyxatga oluvchilar tomonidan uyma-uy yurib, qogʼoz va planshetlarda savolnomalarni toʼldirish orqali roʼyxatga olinadi.

Bu sinov jarayonlari respublikamizda 2023 yilda oʼtkaziladigan aholini roʼyxatga olishning asosiy tadbiriga puxta tayyorgarlik koʼrish maqsadida oʼtkazilmoqda. 

Hurmatli vatandoshlar! 11-25 noyabrь kunlari sinov tariqasida oʼtkazilayotgan aholini roʼyxatga olish jarayonlarida faol qatnashing!

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM