Tumanimizda mobil maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘z faoliyatini boshladi. 

Bugun  tumanimizning  Navkat hamda Qovunchi mahallalarida mobil maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘z faoliyatini boshladi. 

Ushbu “Isuzu HC 40” rusumli avtobus asosida harakatlanadigan MTT belgilangan yo‘nalish bo‘ylab harakatlanadi. Ko‘chma guruhlarda bo‘lish muddati 3 soatdan oshmaydi. 

MTTda 3 nafar yangi ish o‘rni yaratilib, ishchilar qabul qilindi. MTTda mahallaning 3-7 yoshli bolalaridan 96 nafari ushbu MTTda tarbiyalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi. 

Ushbu MTTning ochilish marosimida tuman hokimi, tuman maktabgacha ta’lim bo'limi boshlig‘i va jamoat tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi. 


 

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM