Qo‘shrabottumangaz gaz ta’minoti bo‘limi boshlig‘i Akmal Egamqulov ishtirokida navbatdagi matbuot anjumani o‘tkazildi.

Mavzu: Suyultirilgan gaz taminotidagi ID kartalardan foydanish tartibi haqida

2024-yil 1-chorak davomida 45 ta mahallalardagi aholi xonadonlariga 978,2 tonna  suyultirilagn gaz tarqatish rejalashtirilgan bo‘lib, amalda 986,3 tonna ya’ni 100,8 ga suyultirilgan gaz ta’minoti yetkazib berildi.

2024-yil uchun jami 100 ta xonadonga mayishiy gaz ballon bilan ta’minlash rejalashtirilgan bo‘lib, shundan 135 ta aholi xonadonlariga mayishiy gaz ballon bilan ta’minlangan. 21363 dona avtomatlashtirilgan  ID karta aholi xonadonlariga biriktirilib, to‘lovlar ID karta orqali paynet, klik, payme, uzum, to‘lovlari amalga oshirilayapti. Qo‘shimcha 583 dona ID karta olmagan xonadonlar hozirgi kunda ro‘yxati shakllantirilib aholiga tarqatilmoqda.

Qo‘shrabottumangaz gaz ta’minoti bo‘limiga biriktirilgan 5 dona  ISUZI avtomashinalari orqali Qo‘shrabot tumanida joylashgan gaz quyish shaxobchasi (GNP) lardan 50 litrli 20 kg to‘ldirilgan mayishiy gaz ballonlarni aholi xonadonlariga grafik asosida tarqatilib kelmoqda.

 

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM