HASHAR – HAMJIHATLIK, OBODLIK VA YARATUVCHANLIK RAMZI 

Ozodalik, poklik, saranjomlik yurtimizni yanada obod va fayzli, ko‘rkam qiluvchi jihatlardan. Bunda xalqimizning yillar davomida shakllangan ezgu qadriyati – hashar muhim o‘rin tutadi. 
 
Bugun mamlakatimizda «Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki” shiori ostida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish umumxalq xayriya hashari bo‘lib o‘tmoqda. 
 
Xususan, Qo‘shrabot tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida ham hashar uyushqoqlik bilan boshlanib ketdi. 
 
Hashar davomida yo‘laklar saranjom-sarishta holatga keltirilib, manzarali daraxt va gul ko‘chatlari ekildi. Daraxtlar oqlanib, shakl berildi. Ariqlar tozalanib, chiqindilar olib chiqildi. 
 
Zero, hashar hamjihatlik, obodlik va yaratuvchanlik ramzi sifatida shakllangan mehr-oqibat muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

 

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM