2023-yil yakunlari va 2024-yildagi rejalar to‘g‘risida Qo‘shrabot tumani hokimi Shakarboyev Dilshod Davronovich ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi.

2023-yilda asosiy ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlar prognoz bajarilishi:

- sanoat 138,4 mlrd so‘m yoki 108,5% ga;

- qishloq xo‘jaligi 1998,1mlrd so‘m yoki 108,0% ga;

- xizmat ko‘rsatishni 558,9 mlrd so‘m yoki 111,1% ga;

- qurilish-pudrat ishlarini 189,7 mlrd so‘m yoki 102,0% ga oshishiga erishildi.

2023-yilda barcha yo‘nalishlarda 18 238 nafar fuqaro bandligi ta’minlandi.

2024-yil asosiy ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlar prognoz rejasi:

Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 178,8 mlrd so‘mga o‘sish sur’atini 109,2 foizga bajarilishi rejalashtirilgan. Aholi jon boshiga
1250,3 ming so‘m bo‘lishi kutilmoqda.

2024-yilda qiymati 392,0 mlrd so‘mlik 690 ta yangi ish o‘rinli 4  ta loyihasi amalga oshirish rejalashtirilgan.

“URGANJI TEXTIL MChJ  tomonidan qiymati 100 mlrd so‘mlik tikuvchilik fabrikasi tashkil etish loyihasi doirasida 500 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

Xizmat ko‘rsatish hajmi 715,3 mlrd so‘mga o‘sish sur’atini 115,9 foizga bajarilishi rejalashtirilgan. Aholi jon boshiga xizmatlar hajmi 5002,1 ming so‘mni tashkil etib,  o‘tgan yilga nisbatan 1023,5 so‘mga ko‘paydi.

Xizmatlar sohasini rivojlantirish hamda mahallalarda 20 turdagi zaruriy xizmat turlarini tashkil etish hisobiga 250 ta yangi servis ob’yektalarini tashkil etish.

Avtomobil yo‘l bo‘yida qiymati 27,5 mlrd so‘mlik 14 ta loyiha amalga oshirilishi hisobiga 73 nafar yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

Turizm sohasini qiymati 5,1 mlrd so‘mlik 26 ta loyiha amalga oshirilishi hisobiga 72 nafar yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

115 ta ko‘chma savdo faoliyaini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini auksionga chiqarish rejalashtirilgan.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtirish hajmi 2018,1 mlrd so‘mga o‘sish sur’atini 108,1 foiz o‘sish sur’atini ta’minlash.

Tumanda jami bog‘-tokzorlar  9 821 ga, shundan bog‘ 3 462 ga, tokzor 6 359 ga yer maydonini tashkil etadi.

Suv tejovchi texnalogiyalari 1583  ga maydonga joriy etilgan, 2024-yilda 746 ga maydonda suv tejovchi texnologiyalari joriy etish rejalashtirilgan.

Tumandagi tadbirkorlik sub’yektlari to‘g‘risida  barcha yo‘nalishlarda 7337 tani tashkil etadi, 1517 ta yuridik shaxs, 5820 ta YaTT va dehqon xo‘jaliklari.

Yangi moliyaviy xizmatlarni joriy qilish, shu jumladan mikromoliyalashni kengaytirish orqali 45 ta MFYdagi 10645 nafar aholini biznesga jalb qilish.

Bunda:

- 9046 nafari o‘zini-o‘zi band qilish;

- 355 nafari YaTTlar tashkil etish;

- 284 nafari yangi korxonalar tashkil etish;

- 960 nafari dehqon xo‘jaliklari tashkil etish hisobiga biznesga jalb qilinadi.

Aholi bandligini ta’minlash borasida;

2024-yilda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligiga ko‘maklashish dasturi doirasida 45 ta mahallalardagi 8939 nafar aholini bandligini ta’minlash, bunda.

- 4083 nafar tadbirkorlik, savdo va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida;

- 3792 nafar qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida;

- 366 nafar  qurilish va kommunal sohasida;

- 698 nafar Investitsiya loyihalari va sanoatni rivojlantirish yo‘nalishida.

Qo‘shrabot tumanida (Shavona, Do‘stlik, Namuna, Mustaqillik, Boyto‘p, Jo‘sh ota, Yuqori jo‘sh, Urganji) 8 ta mahallada tikuvchilik, oshpaz-qandolatchilik hamda kompyuter grafikasi yo‘nalishlari bo‘yicha 616 nafar ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga qayta o‘qitish rejalashtirilgan.

Mahallabay ishlash bo‘yicha nima ishlar qilinadi;

Tuman mahallalaridagi aholini xatlovi natijasida xonadonlar 3 ta toifaga ajratib olingan:

Birinchi toifada ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli yaxshi oilalar 4 854 ta xonadon 25,9%; (Daromadi yuqori, o‘ziga to‘q xonadonlar)

Ikkinchi toifada ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli o‘rtahol oilalar
11 226 ta xonadon 60,0%; (O‘rta daromadi)

Uchinchi toifada ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli og‘ir oilalar 6 614 ta xonadon 35,3% ajratib olingan. (Daromadi past)

“Har bir oila tadbirkor” dasturi bo‘yicha kredit mablag‘lari ajratilishi;

2024-yil uchun oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida 3007 nafar aholi va tadbirkorlarga jami 100,0 mlrd so‘mlik kredit mablag‘lari ajratilish rejalashtirilgan.

 

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM