Bugungi kunda barchamizga ma’lumki Respublkamizda o‘tkazilayotgan sud-huquq sohalarida o‘tkazilgan tup islohatlar natijasida fuqarolarning davlat idoralarga murojaat qilish tartibi, shakli takomillashib, bu boradagi soddalashtirilgan tartiblar joriy qilingan va sohadagi har qanday byurokratik to‘siqlar bartaraf etilgan.
Shu jumladan Ichki Ishlar idoralariga ham murojaat qilish tartibi takomillashtirilib, murojaat qilinishlarda inson omili kamaytirilib, bu jarayonlar raqamlashtirilgan.
Bundan tashkari, Ichki Ishlar idoralarida “102” tizmi xam ishga tushirilgan bo‘lib, ushbu tizimga kelib tushgan har kanday xabarlar mas’ul xodimlar tamonidan o‘z vaktida ko‘rib chiqilmoqda.
Biroq, ayrim fuqarolarimiz tomonidan bunday berilgan imkoniyatlardan noto‘g‘ri foydalanish yoki o‘zining boshqacha bir tarzda g‘araz maksadda ham foydalanish holatlari, ya’ni maxsus xizmatlarni aldab chakirganlik holatlari kupaymoqda.
Bu holat esa maxsus xizmatlarni kuch va vositalari noto‘g‘ri yo‘nalishga aldab chaqirilgan joyga ketishi oqibatida, o‘z vaqtida maxsus xizmatlarga muxtoj bo‘lib kolgan boshqa bir fuqarolarning manfaatlariga, hayoti va sog‘lig‘iga, mulkiga zarar yetishi, tez yordam mashinasni o‘z vaqtida yongin bo‘lgan joyga yetib bora olmasligi, sog‘ligi yomonlashgan fukaroga o‘z vaktida tibbiy yordam ko‘rsatilish uchun yetib kela olmaslik, o‘z vaktida biror bir jinoyat sodir bo‘layotgan joyga yetib bora olmasdan biror bir og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyatlarni oldini olinmasdan qolishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Amaldagi qonunchiligimizda maxsus xizmatlar deganda Ichki ishlar oranlari, yong‘inga karshi xizmat, tez tibbiy yordam va fuqarolarning boshka muximini zudlikda qondirishga xizmat qilish vazifasi yuklatilgan idoralar (Elektr tarmoklari, Suvsoz korxonalari va boshkalar) nazarda tutitlgan.
Shu sababli, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy Javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 199-moddasida Maxsus xizmatlarni qasddan aldab chaqirganlik uchun javobgarik belgilangan bo‘lib, bunda shunday xaraktlarni sodir etgan hukukbuzarga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorinig bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi nazarda tutilgan.
Shuningdek, xar qanday holatda xam shaxsning Maxsus xizmatlarni qasddan aldab chaqirganlik uchun fakatgina ma’muriy javobgarlik bilan qutilib kolmaydi.
Aksincha shaxsning sodir etgan xaraktlarining oqibatlariga ko‘ra tegishli tartibda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 237-moddasi (Jinoyat to‘g‘risida ila turib yolg‘an xabar berish), 277-moddasi (Bezorilik) bilan tegishli tartibda jinoiy javobgarlikka tortilishi va yetkazilgan moddiy zararni to‘lash majburiyati yuklatilishi mumkin.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, har bir fuqaro o‘ziga berilgan hukuklardan to‘g‘ri foydalanishi, boshka shaxslar manfaatilariga zarar yetkazishdan tiyilishni bilish ma’naviy burchimiz ekanligini, har kanday qonunga xilof tarzda qilingan harakat yoki haraksizlik o‘z o‘zidan tegishlicha javobgarlik holatlarni keltirib chiqarishini unitmasligimiz lozim.
Qo‘shrabot tuman IIB huzuridagi
Tergov bo‘linmasi boshlig‘i mayor
Jumageldiev Jamshidbek Norali o‘g‘li