O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy Javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 101-moddasida Elektr, issiqlik energiyasi, gazdan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik nazarda tutitlgan bo‘lib, unda umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanish yoki ulardan foydalanish qoidalarini boshqacha tarzda buzish yoxud elektr, issiqlik energiyasi, tabiiy gazni hisobga olish asboblariga shu jumladan ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish yoki bunday hisobga olish asboblarining ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan 15 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa 20 baravardan 25 baravarigacha jarima solishga sabab bo‘lishi nazarda tutilgan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 1852 –moddasida esa Elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik nazarda tutilgan bo‘lib, bunda umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanish yoxud elektr, issiqlik energiyasi, tabiiy gaz, sovuq yoki issiq suvni hisobga olish asboblariga, shu jumladan ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish yoxud bunday hisobga olish asboblarining ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravaridan 70 baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanish yoxud elektr, issiqlik energiyasi, tabiiy gaz, sovuq yoki issiq suvni hisobga olish asboblariga, shu jumladan ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish yoxud bunday hisobga olish asboblarining ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish ancha miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan bo‘lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining 75 baravaridan 150 baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatdan uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanish yoxud elektr, issiqlik energiyasi, tabiiy gaz, sovuq yoki issiq suvni hisobga olish asboblariga, shu jumladan ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish yoxud bunday hisobga olish asboblarining ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan bo‘lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining 150 baravaridan 300 baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yildan ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanish yoxud elektr, issiqlik energiyasi, tabiiy gaz, sovuq yoki issiq suvni hisobga olish asboblariga, shu jumladan ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish yoxud bunday hisobga olish asboblarining ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan bo‘lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravaridan 500 baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Yetkazilgan moddiy zararning o‘rni qoplangan taqdirda ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‘llanilmaydi.
Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u jinoyat aniqlangan kundan e’tiboran o‘ttiz kunlik muddatda yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplagan bo‘lsa, javobgarlikdan ozod etiladi deb ko‘rsatilgan.
Bundan tashqari, keyingi yillarda energiya resurslardan qonunga xilof ravishda foydalanish bilan bog‘liq qonunbuzarliklar salmog‘i ortib borayotganigi va bunga yarasha javobgarlik kuchaytirish zaruriyati tug‘ilganlik sababli, O‘zbekiston Respublikasi Senati ta’monidan 03.03.2023 yilda maqullangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat Protsessual va Ma’muriy javobgralik to‘g‘risidagi Kodekslariga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 13.03.2023 yilda O‘RQ-822-sonli Qonuni bilan 15.06.2023 yiildan boshlab, bunday qilmishlarning ayrimlari o‘g‘irlik siftida baholanib, tegishli tartibda javobgarlik kuchaytirilmoqda.
Shu sababli xar birimiz kundalik ro‘zg‘arda, tadbirkorlik maqsadlarda energiya resurslardan to‘g‘ri va oqilona foydalanishimiz bunday qilmishlar uchun javobgarlikni oldi olinadi.
Qo‘shrabot tuman IIB huzuridagi TB
Tergovchisi leytenant X.B.Israyilov