ODAM SAVDOSI NIMA?

Odam savdosi bu: kuch bilan tahdid qilish yoki kuch ishlatish yoxud boshqa majburlash shakllaridan foydalanish, o‘g‘irlash, firibgarlik, aldash, hokimiyatni suiiste’mol qilish yoki vaziyatning qaltisligidan foydalanish orqali yoxud boshqa shaxslarni nazorat qiluvchi shaxsning roziligini olish uchun uni to‘lovlar yoki manfaatdor etish evaziga og‘dirib olish orqali odamlardan foydalanish maqsadida ularni yollash, tashishi, topshirish, yashirish yoki qabul qilish.

Odam savdosi bilan shug‘ullanganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-modasi bilan jinoiy javobgarlikga tortiladi.
Odamni olish-sotish yoxud odamdan foydalanish maqsadida yollash, tashish, topshirish, yashirish yoki qabul qilishda 3 yildan 5 yilgacha, 
ikki yoki undan ortiq odamni o‘g‘irlash, zo‘rlik ishlatish, zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish, majburlashning boshqa shakllarini qo‘llash orqali sodir etilgan odam savdosi 5 yildan 8 yilgacha, 
jabrlanuvchining o‘limiga yoki boshqa og‘ir oqibatlarga olib kelgan, 18 yoshga to‘lmagan shaxslarga nisbatan sodir etilgan odam savdosi 8 yildan 12 yilgacha ozodlikdan maxrum qilish bilan jazolanadi.   

ODAM SAVDOSI BILAN SHUG‘ULLANUVChI SHAXS KIM?
Mustaqil ravishda yoki bir gurux shaxslar tarkibida odam savdosi bilan bog‘liq har qanday harakatni sodir etuvchi jismoniy yoki yuridik shaxs.
O‘z harakatlari bilan odam savdosiga ko‘maklashadigan, o‘z mansab vakolatlariga ko‘ra to‘sqinlik qilishi va qarshi kurashishi shart bo‘lsa ham odam savdosiga to‘sqinlik qilmaydigan yoki qarshi kurashmaydigan mansabdor shaxs.
YODINGIZDA TUTING!
Bunday kimsalar har doim ham begonalar bo‘lavermaydi, ular Sizning do‘stingiz, oila a’zolaringizdan biri, qo‘shningiz yoki boshqa biror tanishlaringiz bo‘lishi mumkin.
ODAM SAVDOSI BILAN SHUG‘ULLANUVCHILAR
Ishga joylashtirib qo‘yishni, malaka va kasb-hunar talab qilmaslikni, mehnatingiz evaziga yaxshigina haq to‘lanishini, yo‘l-kira harajatlari va hujjatlarni rasmiylashtirishda yordam berishni va’da qilishadi shu kabi yo‘llar bilan O‘Z QURBONLARI ISHONCHIGA KIRISHADI!
EHTIYOT BO‘LING! Kimlar odam savdosidan jabrlanadi?
Odatda doimiy ish joyiga ega bo‘lmagan, turli muommo lar sababli og‘ir hayotiy qiyinchilik va vaziyatga to‘qnash kelgan, ijtimoiy va huquqiy himoyasiz qolganlar odam savdosi bilan shug‘ullanuvchilar nishonida bo‘lib qolishadi.
DIQQAT! odam savdosidan jabrlanganlikni qanday bilsa bo‘ladi?
Sizga nisbatan yuqorida keltirib o‘tilgan hatti-harakatlar sodir etilgan, deb xisoblasangiz yaqin atrofdagi huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlariga zudlik bilan murojaat qiling, 
-holatingiz to‘g‘risida yaqinlaringizga xabar bering; 
-Siz borgan davlat tilini tushunmasangiz tarjimon berishlarini talab qiling; 
-Siz to‘qnash kelgan vaziyat haqida gapirishga uyalsangiz yoki qo‘rqsangiz bu haqda alohida gaplashishlarini so‘rang;

Qo‘shrabot tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi 
tergovchisi mayor     U.T.Axmedov

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM