Tuman hokimi qoʻshrabotlik boʻlgʻusi shifokorlar bilan uchrashdi

Qoʻshrabot tumani hokimligi hamda Samarqand Davlat tibbiyot universiteti bilan hamkorlikda 15-fevral kuni Qoʻshrabot tumani hokimi bilan talabalar oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Tadbirda Qoʻshrabot tuman hokimi Dilshod Shakarboyev va tuman masʼullari, Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori Jasur Rizayev hamda universitetning qoʻshrabotlik professor-oʻqituvchilari va talabalar ishtirok etdilar.

Uchrashuvda universitetning Qoʻshrabotlik bitiruvchilari bandligini taʼminlash, ularga turli amaliy yordamlar koʻrsatish hamda universitet bitiruvchilarini tuman sogʻliqni saqlash tizimiga jalb etish kabi bir qator masalalar eʼtibor markazida boʻldi.

Shuningdek, tuman hokimligi tomonidan malakali tibbiy kadrlar tayyorlashdagi fidokorona mehnatlari uchun universitet professor-oʻqituvchilariga va taʼlim jarayonidagi namunali xulqi, ilmga chanqoqligi va tashabbuskorligi bilan namuna boʻlib kelayotgan Qoʻshrabotlik talabalarga tashakkurnoma, faxriy yorliq hamda esdalik sovgʻalari taqdim etildi.

Maʼlumot oʻrnida aytish mumkinki Samarqand davlat tibbiyot universitetida bugungi kunda qoʻshrabotlik 160 nafar; shundan 147 nafari bakalavr, 1 nafar magistr, 12 nafar klinik ordinatorlar tahsil olib kelmoqda.

  

 

 

 

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM