Ommaviy sayyor qabul bo'lib o'tdi

Aholi bilan samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning muammolarini hal qilish maqsadida Qo‘shrabot tumanida sayyor qabullar, xalq bilan uchrashuvlar doimiy o‘tkazib kelinmoqda.

Bugun, Qo‘shrabot tumanining "Jo'sh ota" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 1-sonli kasb-hunar maktabida tuman hokimi Dilshod Shakarboyev va sektor rahbarlarining navbatdagi ommaviy sayyor qabuli o‘tkazilib aholini qiynab kelayotgan muammolar tinglandi.

Samimiy va ochiq ruhda o‘tgan uchrashuv mobaynida fuqarolar tomonidan o‘zlarini qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan murojaatlar yo‘llandi. Har bir murojaat alohida o‘rganilib, hal etilishi yuzasidan tegishli tashkilot rahbarlariga zarur ko‘rsatmalar berildi.

 

 

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM