Nogironligi bo‘lgan yoshlarning ta’lim olishi uchun qanday sharoitlar yaratilgan?

Tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Kubaev Xolbek Shirinboyevich  ishtirokida Nogironligi bo‘lgan yoshlarning ta’lim olishi uchun qanday sharoitlar yaratilgan? mavzusida navbatdagi matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Assalomu alaykum aziz tumandoshlar hamda ijtimoiy tarmoq kuzatuvchilari!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-oktyabdagi PQ–4860-son “Alohida ta’lim extiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida” gi Qaroriga asosan tumanda  hozirgi kunda 70 nafar o‘quvchi yakka tartibida  uyida ta’lim-tarbiya olib kelmoqda. Ulardan 41 nafari o‘g‘il va 29 nafari qizlardir. Uyda yakka tartibda ta’lim olayotgan o‘quvchilarga oliy ma’lumotli o‘qituvchilar ta’lim-tarbiya berib kelmoqdalar. Ularga uy sharoitida ta’lim-tarbiya olishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan bo‘lib, ta’lim sifatini oshirish hamda ularni ijtimoiy himoyalash ishlari tuman hokimligi, prokuratura va maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan doimiy nazoratga olingan.

 Ushbu va shunga o‘xshash noironligi bor fuqarolarni qo‘llab quvvatlash maqsadida joriy yilning 1 dekabr  kuni  55 nafar o‘quvchilar ta’lim-tarbiya hamda yashash sharoitidan habar olish uchun xomiylar tomonidan oziq ovqat va estalik sovg‘alari tarqatildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 312-sonli qaroriga asosan “Yoshlar daftari” ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, psixologik qo‘llab-quvvatlashga, bilim va kasb o‘rganishga ehtiyoji va ishtiyoqi bo‘lgan, ishsiz yoshlarning muammolarini aniqlash, bartaraf etish va nazoratini olib borish bo‘yicha ma’lumotlar bazasi sanaladi.

“Yoshlar daftari”ga tumandagi har bir sektor kesimida mahallabay, o‘n sakkiz yoshga to‘lgan va o‘ttiz yoshdan oshmagan quyidagi toifadagi yoshlar kiritiladi.

 Ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar — muomalaga va mehnatga layoqatsiz, nogironligi yoki salomatligida nuqsoni bo‘lgan (nafaqa olmaydigan), boquvchisini yo‘qotgan, yetim, Mehribonlik uylari va bolalar shaharchalarida tarbiyalangan yoshlar.
Shuningdek, muqaddam sudlangan, probatsiya hisobida, profilaktik hisobda yoki ma’muriy nazorat ostida turuvchi ijtimoiy yordamga muhtoj toifadagi yoshlarni ham ushbu daftarga  kiritish mumkin.

Qo‘shrabot tumanida Qizil toifaga kiruvchi yoshlar jami  839 nafar yoshlarni tashkil etib bugungi kungacha 793 nafar  (94.5%)  yoshlar ijtimoiy qo‘llab quvvatlandi va muammolari hal etildi. Bulardan 26 nafariga Yoshlar jamg‘armasi tamonidan davolanish harajati uchun mablag‘ ajratildi, 192 nafari tuman Tibbiyot birlashmasi,  Samarqand viloyat  ko‘p tarmoqli tibbiyot birlashmalari bilan hamkorlikda ko‘rikdan o‘tkazilib tibbiy yordam ko‘rsatildi, 32 nafariga mahallalardagi hokim yordamchisi tomonidan kreditlar ajratildi,  126 nafari doimiy va jamoatchilik asosida ish bilan ta’minlandi, 24 nafariga yoshlar jamg‘armasi tomonidan asbob uskuna ajratildi, o‘z o‘rnini topishida ko‘maklashish maqsadida 136 nafariga  homiylar tomonidan yordam ko‘rsatildi, 24 nafar yoshlarning o‘zlari va oilasidagi yoshlarga to‘lov kontraktlari to‘lab berildi.

102 nafarining muammosi yo‘qligi hozirgi kun besh tashabbus olipiadasiga yuqoridagi qizil toifaga kiritilgan yoshlarning barchasini muammolari yo‘qlarini tadbirlarga jalb etilmoqda.

         Bugungi kun og‘ir toifaga kiritilgan 46 nafariga 5,5 %ga biriktirilgan tuman tashkilot rahbarlari tomonidan yil oxirigacha yordamlar ko‘rsatilishi rejalashtirilgan.

 

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM