Fuqarolar yo‘l harakati qoidalariga qanchalik amal qilmoqda

Tuman hokimining qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Inoyat Xoliqulov ishtirokida navbatdagi matbuot anjumani o‘tkazildi.

 Mavzu: Fuqarolar yo‘l harakati qoidalariga qanchalik amal qilmoqda.

Qo‘shrobot tuman IIB YXXG tomonidan tuman hududidan o‘tuvchi va qishloq ichki yo‘llarida sodir bo‘lgan yo‘l transport hodisalarining oldini olish yuzasidan tegishli tartibda targ‘ibot ishlari olib borilayotgan bo‘lishiga qaramasdan yo‘l transport xodisalari sodir bo‘lmoqda. Jumladan:

YTX BO‘YICHA

Qo‘shrabot tuman hududida 2023-yil 9 oy davomida o‘tgan 2022-yilga nisbatan tahlil qilganimizda YTX 2 taga kamaygan, o‘lim 4 taga ko‘paygan, tan jaroxati 4 taga kamaygan.

Yo‘l transport vositalarini oldini olish maqsadida 2023-yil 15-fevraldan 15-martga qadar “Xarakat havfsizligi oyligi”, tadbirini o‘tkazish bo‘yicha  yo‘llarga piyodalar o‘tish chiziqlarini chizish, ko‘rinish cheklangan joylarga yo‘l belgilari o‘rnatish, yoritish chiroqlari o‘rnatish,  4R-55 avtoyo‘liga svetofor qurilmasini o‘rnatish, 48, 78, 77-maktablar oldiga tugmachali svetofor qurilmasini o‘rnatish yuzasidan tuman hokimiga axborotnoma berildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-iyuldagi 316-sonli qarori asosida “Xavfsiz va ravon yo‘l” hamda Vazirlikning 2018-yil 9-apreldagi 10-sonli “Yo‘l xarakati havfsizligini ta’minlash” qarori yuzasidan maktablarda yo‘l xarakati qoidalarini o‘rgatish bo‘yicha sinfxonalar tashkil etildi.

            2023-yil davomida avtoavariyalarning oldini olish maqsadida yo‘l ulov hodisalari ko‘plab sodir etilayotgan  tumandagi Zarkent, Yuqorisaroy, Buloqboshi, Namuna, Qo‘rolos, Katta Oqmachit, Chimmos, Shavona, Mayintepa, Pichot, Do‘stlik, Quvkalla, Sorg‘ul, Xonnazar, Boytup, Qo‘shtamg‘ali, Navkat, Urganji, Qo‘shrabot mahallalarida va Navoiy kon metallurgiya 10 a/baza, tuman hokimiyati, Qo‘riqlash bo‘limi, 99850-harbiy qism va  tumandagi tashkilotlar, korxonalar rahbarlari hamkorligida hamda mahalla faollari ishtirokida suhbatlar o‘tkazildi.

TARG‘IBOT-TASHVIQOT ISHLARI BO‘YICHA

Targ‘ibot-tashviqot ishlari bo‘yicha 16 ta maktablar, 35 ta mahallalarda va 9 ta tashkilot, korxona va MChJlarda yig‘ilish o‘tkazildi.

MA’MURIY AMALIYOT ISHLARI BO‘YICHA

2023-yil davomida yo‘l xarakati qoidalari talabiga bo‘ysinmagan haydovchilarga nisbatan Qo‘shrabot tuman IIB JXX YXXG xodimlari tomonidan bayonnomalar rasmiylashtirildi va jarima summalarini undirish  choralar ko‘rildi hamda mast holda transport vositasini boshqargan haydovchilarga nisbatan tegishli choralar ko‘rish uchun Qo‘shrabot tuman ma’muriy sudiga yuborildi.

2023-yil 9 oyi davomida jami 1472 ta qoidabuzarlik aniqlangan

Shundan:   391 ta qo‘pol qoidabuzarliklar

                  102 ta mast holda transport vositasi boshqargan

                  50 ta piyodalar tomonidan qoidabuzarlik sodir etilgan

                   TEXNIKA NAZORATI BO‘YICHA

2023-yil 9 oyi davomida jismoniy shaxslarga tegishli jami 1322 ta transport vositalari, yuridik shaxslarga tegishli 216 ta transport vositalari majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazildi.

YO‘L NAZORATI BO‘YICHA

Tuman hududidan o‘tuvchi jami avtomobil yo‘llar 267 km bo‘lib, shundan 4R-55-Mitan-Qo‘shrabot-Nurota yo‘li 66 km, 4R-43 Marjonbuloq-Zarmitan-Qo‘shrabot yo‘li 31 km va 4R-247 Oqtepa-Qo‘rli-Dehqonobod yo‘li 5 km davlat ahamiyatidagi yo‘llar jami 102 km ni tashkil etadi. Qolgan 165 km avtomobal yo‘llar mahalliy ahamiyatdagi yo‘llardir. Ushbu yo‘llarda 52 ta yetishmaydigan yo‘l belgilari o‘rnatildi, 78 dona eskirgan yo‘l belgilari almashtirildi va 84 dona yo‘l belgilari ta’mirlandi, 127 kv m yo‘l chiziqlari chizildi 10020 kv m yo‘l qatnov qismi ta’mirlandi.

 

MJtKni moddasi

 

Soni

125-m 1-k

Xavfsizlik kamari

4

125-m 3-k

Qayta jihoz

2

125-m 5-k

Yuk tashish

1

128-m

Odam tashish

2

128-m p4-2k

Svetofor

1

128-m p5-2-k

Qarama-qarshi

1

128-m p6-1-k

To'xtash

1

129-m

Mansabdor shaxs

6

131-m

Mast boshqarish

9

135-m 1-2k

Xujjatsiz boshqarish

31

135-p-1-1k

Sug'urta

1

133-modda

YTX sodir qilgan

19

134-modda

 

10

136-modda

 

2

147-i

Yo'l inshootlariga zarar yetkazish

3

194-m

IIB xodimlariga buysinmaslik

2

 

                    J A M I

95

 

 

 

 

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM