Yoshlarni vatanga sadoqatli, jismonan sog‘lom va ma’nan barkamol bo‘lib voyaga yetishlari uchun amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida

Tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha o'rinbosari Xolbek Kubayev ishtirokida navbatdagi matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Mavzu: Yoshlarni vatanga sadoqatli, jismonan sog‘lom va ma’nan barkamol bo‘lib voyaga yetishlari uchun amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida

Bugungi kunda  tumandagi jami 35247 nafar 14-30 yoshgacha bo‘lgan yoshlarni tashkil etib, ularning, 926 nafari (2,6 %) hozirda xorijiy davlatlarga  ishlash, o‘qish uchun chiqib ketishgan.

Tumanda “Yoshlar daftari” bo‘yicha xatlov o‘tkazilib 35247 nafar yoshlar ro‘yxati (100%) elektron bazaga kiritildi.

 

- 16427 nafari (44,5%) ta’lim va davlat tashkilotlarida band bo‘lgan yoshlar;

- 8592 nafari (23.5 %)ning bir qismi  ishlash  istagi yo‘qlar, bola parvarishi bilan band uy bekalari va abituriyentlar;

- 5820 nafari (14,5 %) norasmiy ishlaydigan yoshlarni o‘zini o‘zi band qilindi;

- 3916 nafar (10,7 %) boshqa tarmoqlarda band bo‘lgan yoshlar

 - 216 nafari (2,5%) ishsiz yoshlarni tashkil etadi.

Yoshlar daftari 2023

Tumandagi 1918 nafar yoshlar “Yoshlar daftar”iga kiritilib, shundan 1712 nafari ko‘rsatilgan har taraflama ko‘maklar natijasida daftardan chiqarildi shundan bugungi kunda yoshshlar daftarida qolgan 206 nafar yoshlarga ham ro‘yxatlari shakllantirilib yordam ko‘rsatish choralari ko‘rilmoqda.

Jumladan,

- 646 nafar ishsiz yoshlar bo‘sh ish o‘rinlariga joylashtirildi,

- 61 nafariga 26.8 gektar yer maydoni ajratildi,

- 219 nafariga tijorat banklari tomonidan kredit ajratilgan,

- 72 nafar yoshlarning kelajak kasblari loyihasi doirasida 6 oylik o‘qish harajatlari qoplab berildi.

- 114 nafar oilaviy sharoiti og‘ir bo‘lgan yoshlarga birmartalik moddiy yordam mablag‘i ajratildi.

- 73 nafar yoshlarga bandiligini ta’minlash maqsadida subsidiya asosida asbob-uskunalar ajratib berilgan.

- 25 nafar  yoshlarga homiylar tamonidan turar joy xarajatlari qoplab berildi.

- 2 nafar yoshlarni ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida iste’dodini qo‘llab-quvvatlash harajatlari qoplab berildi.

- 89 nafar yoshlarni ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida tibbiy xizmat (davolanish) xarajatlari qoplab berildi.

- 6 nafar yoshlarni xaydovchilik guvoxnomasi harajatlari Yoshlar jamg‘armasi mablag‘laridan qoplab berilgan.

- 235 nafar oliy o‘quv yurtlarida o‘qiyotgan yoshlarga kontrakt to‘lovi to‘lab berildi.

- 25 nafariga safarbarlik chaqiruvi rezervi uchun yoshlar jamg‘armasi mablag‘laridan to‘lab berildi. (Respublika yoshlar jamg‘armasi tomonidan qoplab berildi 160 mln so‘m).

- 2 nafar yoshlarga turar joy xarajati yoshlar jamg‘armasi hisobidan amaliy ko‘mak berilgan.

- 143 nafar yoshlarga turli xildagi yordamlar ko‘rsatilib yoshlar daftaridan chiqarilgan.

 

QIZIL TOIFAGA KIRUVCHI YOShLAR MA’LUMOTI

 

Qizil toifaga kiruvchi tuman bo‘yicha 839 nafar yoshlarni tashkil etadi.

 Shundan; 793 nafari yani 94,5% yoshlar ijtimoiy qo‘llab-quvvatlandi va muammolari hal etildi.

Bulardan 26 nafariga Yoshlar jamg‘armasi tamonidan davolanish xarajati uchun mablag‘ ajratildi, 192 nafari tuman Tibbiyot birlashmasi Samarqand ko‘p tarmoqli tibbiyot birlashmalari bilan hamkorlikda ko‘rikdan o‘tkazilib tibbiy yordam ko‘rsatildi, 32 nafariga mahallalardagi hokim yordamchisi tomonidan kreditlar ajratilgan, 126 nafari doimiy va jamoatchilik asosida ish bilan ta’minlandi, 24 nafariga yoshlar jamg‘armasi tamonidan asbob-uskuna ajratilgan, O‘z o‘rnini topishida ko‘maklashish maqsadida 136 nafarini homiylar tomonidan yordam ko‘rsatildi, 24 nafar yoshlarning o‘zlari va oilasidagi yoshlarga to‘lov kontraktlari to‘lab berildi. 19 nafar yoshlarga turli xildagi nogronlik aravachali va hassa toyoqlari olib berildi. 102 nafarining muammosi yo‘qligi hozirgi kun besh tashabbus olipiadasiga yuqoridagi qizil toifaga kiritilgan yoshlarning barchasini muammolari yo‘qlarini tadbirlarga jalb etilmoqda.

      Bugungi kun og‘ir toifaga kiritilgan 46 nafariga 5,5 % ga yordam berish choralari ko‘rilmoqda tuman tashkilot rahbarlari tomonidan.

Uyushmagan yoshlar ma’lumoti

Shuningdek, tumanda 124 nafar uyushmagan yoshlar bo‘lib 13 nafari tashkilot rahbarlariga biriktirilgan, biriktirilgan tashkilot rahbarlari har bir yosh bilan alohida ishlar olib borilmoqda.

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM