Konstitutsiya-xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!

Qo‘shrabot tumani Shavona mahallasida yaqinlashib kelayotgan 8-dekabr - Bosh qomusimiz qabul qilingan kun munosabati bilan “Konstitutsiya-xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!” degan bosh g‘oya asosida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tadbirda tuman hokimi o‘rinbosarlari, Nuroniy jamg‘armasi tuman bo‘limi rahbari, Oqtepa hududidagi mahalla faollari ishtirok etishdi. Adliya bo‘limi xodimlari Konstitsiyaning mazmun-mohiyati haqida so‘z yuritib moddalarga sharhlar berib o‘tdi hamda ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.

 

 

Konstitutsiyaning 31 yilligiga bag‘ishlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbirda ijro etilgan she'rlar, sahna chiqishlari hamda kuy-qo‘shiqlar ishtirokchilar ko‘nglini yanada xushnud etdi. Bu kabi tadbirlar tumanning boshqa hududlarida ham bo‘lib o‘tmoqda.

 

Qo‘shrabot tumani hokimligi axborot xizmati

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM