Tuman hokimining navbatdagi ommaviy sayyor qabuli bo'lib o'tdi.

Bugun, 27-noyabr kuni 5-sonli bolalar musiqa va san'at maktabida tuman hokimi Dilshod Shakarboyev, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qo'shrabot tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri Baxodir Yusupov, tuman hokimining o'rinbosari Soxiba Maxmudova tumandagi korxona va tashkilot rahbarlari hamda murojaat bilan kelgan fuqarolar ishtirok etishdi.

Qabul davomida xususan, fuqarolar tomonidan sog'ligini tiklash, gaz ballon olishda amaliy yordam, ishga joylashish, elektr energiya, yo'l ta'mirlash, aliment pulini undirish va shu kabi murojaatlar kelib tushdi.

Fuqarolar tomonidan bildirilgan har bir murojaat tegishli tartibda ro'yxatga olinib, ijrosini ta'minlash borasida tegishli mas'ullarga biriktirildi.

 

 

 

Qo'shrabot tumani hokimligi axborot xizmati

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM