Matbuot anjumani

Tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va manaviy-marifiy ishlar boyicha orinbosari Xolbek Kubaev  ishtirokida Yoshlarni turli yot g‘oyalardan asrash, odam savdosini olidini olish borasidagi ishlar haqida navbatdagi  matbuot anjumani o‘tkazildi.

Hozirgi kunda O‘zbekiston aholisining 60 foizidan ortig‘ini yoshlar tashkil qiladi. Har bir farzandning shaxsiyati oilada shakllanadi.

Demak, oila barkamol avlod poydevori hisoblanadi.

Shunday ekan oilada farzandlarni axloqiy-huquqiy jihatdan mukammal tarbiyalash, ayniqsa, adolat, burch, vatanparvarlikni shakllantirish, ona vatanni sevish hissini uyg‘otish o‘ta muhim hisoblanadi.

Bugun mamlakatimizda o‘sib kelayotgan yosh avlodning har tomonlama barkamol voyaga yetishi, ularning ulug‘ ajdodlarimizga munosib vorislar bo‘lishi uchun barcha imkoniyatlar tashkil etib kelinmoqda. Yurtimizning turli hududlarida barpo etilayotgan muhtasham ta’lim muassasalari, sport inshootlari va boshqa imkoniyatlarning barchasi yoshlarimizning jismonan sog‘lom, ma’naviy yuksak bo‘lib kamol topishiga qaratilgan. Bunga javoban yoshlarimiz erishayotgan yutuqlari ham oz emas. Shu o‘rinda ta’kidlash kerakki, bugungi kunda globallashuv sharoitida ma’naviy tahdidlar kuchayib borayotganiga ham e’tibor qaratish lozim. Ular birinchi navbatda yoshlarni o‘z domiga tortishga qaratilgan.

Hozirgi globallashuv sharoitida dunyoda kuchayib borayotgan turli ma’naviy tahdidlarning oldini olish, “ommaviy madaniyat”ning zararli ta’siridan yoshlarni himoya qilish masalalari tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Yosh avlod o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yoshlar ongini yot g‘oyalar ta’siridan asrash, axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish, jinoyatchilik, huquqbuzarlik, giyohvandlik, diniy ekstremizm va terrorizm illatlarining oldini olishga ko‘maklashish hamda yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘usini yuksaltirish lozim.

Axborot globallashuvi tufayli turli mafkuraviy ta’sirlar, ayniqsa, yoshlar tafakkurini egallashga qaratilgan g‘arazli xurujlar tobora kuchaygan bugungi davrda bunday xatarlarga qarshi doimo sergak, ogoh va hushyor bo‘lib yashash har birimizning burchimizdir. Yurtimizda yosh avlodning ma’naviy-axloqiy tarbiyasini to‘g‘ri shakllantirish, ularni turli tahdidlardan himoya qilish, ongu tafakkurini yuksaltirish ma’naviy-ma’rifiy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarning eng asosiy yo‘nalishlaridan biridir.

Bu borada tumanimizda ham yoshlarni  turli yot g‘oyalardan asrash, odam savdosini oldini olishga qaratilgan qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan;

Tumandagi  Barkamol avlod bolalar markazi, 5-son musiqa va san’at maktabi, tuman Madaniyat bo‘limi hamda bolalar sport maktabida ham qator to‘garaklar tashkil etilib yoshlarimizning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilgan.

Tuman Madaniyat markazlarida jami 19 ta badiiy havaskorlik to‘garaklarida  200  nafardan ortiq o‘quvchi yoshlarni jalb etib,  o‘zlari qiziqqan to‘garaklarda  ustozlaridan  ta’lim olmoqdalar.

 Bu esa yoshlarimiz o‘rtasida turli salbiy holatlarning oldini olishda muhim omil bo‘lib xizmat qilib kelmoqdalar.

Bugun Respublikamiz miqyosida qator tashkilotlar hamkorligida «Besh tashabbus olimpiadasi» doirasida o‘tkazilayotgan turli mavzudagi tadbirlar ham yoshlarimizning  har tomonlama yetuk bo‘lib xizmat qilishiga zamindir.

Shuningdek tumanimizda joriy yilning o‘tgan davri mobaynida umumta’lim maktablarida «Qullikka rozi bo‘lmang»,  «Odam savdosi–davr muammosi»,  «Ichish va chekish uning zararli oqibatlari» kabi mavzularda  turli xil ma’naviy-ma’rifiy, davra suhbatlari, yig‘ilish va uchrashuvlar o‘tkazilib borildi.

O‘takazilgan uchrashuvlar va sayyor yig‘ilishlarda yoshlarning muammolari o‘rganilib, tegishli tashkilotlar tomonidan muammolar o‘z vaqtida hal etilmoqda.

Shuningdek yoshlar o‘rtasida kitob o‘qishni targ‘ib qilish maqsadida tuman Axborot kutubxona markazi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi hamda O‘zbekiston Yoshlar agentligi tuman bo‘limi bilan hamkorlikda  «Yosh kitobxon oila»,  «Yosh kitobxon», «Mushoira», «Zakovat» kabi turli tanlovlar hamda  Yozuvchi va shoirlarning tavallud ayomlari munosabati bilan turli mavzudagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.

O‘tkazilayotgan bunday tadbirlar yosh avlodni har tomonlama yetuk barkamol avlod qilib yetishida xizmat qilishiga ishonchim komil.

 

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM