Viloyat prokurori o‘rinbosari Sirojiddin Fayziyev  hamda tuman hokimi Dilshod Shakarboyev tomonidan tumanda sayyor qabul o‘tkazildi.

Joriy yilning 13-oktabr kuni Shavona mahallasida joylashgan Shavona madaniyat uyida o‘tkazilgan qabul davomida fuqarolar tomonidan asosan tergovga qadar tekshirish hamda jinoyat ishi yuzasidan iltimosnomalar, aliment pullarini undirish, yoshlar daftariga kiritish va bandligini ta’minlash, kredit ajratish, jarrohlik amaliyotini o‘tkazish va shu kabi murojaatlar kelib tushdi.

 

 

Ro‘yxatga olingan har bir murojaatlar atroflicha o‘rganilib, qonuniy tartibda ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ullar zimmasiga yuklatildi. Qabul so‘nggida ijitimoiy himoyaga muhtoj oilalarga motokultivator hamda tikuv mashinalari topshirildi.

 

Qo‘shrabot tumani hokimligi axborot xizmati

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM