Tuman hokimining qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Inoyat Xoliqulov ishtirokida navbatdagi matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Mavzu: Tuman aholisini toza ichimlik suvi bilan taminlash, zamonaviy yol va kommunikatsiya tarmoqlarini barpo etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida

Tumanimiz aholisini markazlashgan toza ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida dastur doirasida tuman hududidagi 6 ta mahallada 5 ta suv inshooti va 14.8 km tarmoqlar tortish rejalashtirilgan bo‘lib, 6 ta obyektlarda 5 ta suv inshooti va 14.8 km tarmoq tortilib, aholi xonadonlari markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlandi.

Shuningdek, tuman hududidagi 2 ta mahallada aholini markazlashgan toza ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida 2 ta suv inshooti va 28 km tarmoqlar tortilib, aholi xonadonlari markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlash rejalashtirilgan.

Dasturlar doirasida tumandagi 30 ta mahalla hududida joylashgan 62.2 km ta’mirtalab ichki yo‘llarni 33466,4 mln so‘mga asfalt qoplamasi yotqizib ta’mirlandi.

Shuningdek, tuman hududidagi mahallalarda mavjud ta’mirtalab tuproq yo‘llarga qum-shag‘al aralashmasi ta’mirlash bugungi kunda 21 ta mahallalarda 132 km yo‘llarga qum-shag‘al aralashmasi yotqizib ta’mirlandi. Joriy yil yakuniga qadar 14 ta mahallada 54 km yo‘llarga qum-shag‘al aralashmasi yotqizib ta’mirlash rejalashtirilgan.

  Bundan tashqari Dastur dorirasida tuman hududidan o‘tuvchi 4R-55 (Mitan-Qo‘shrabot-Nurota) avtomabil yo‘lining 41-km.da va 6 ta mahallalarda qurilishi belgilangan jami 7 ta ko‘prik pudratchi qurilish tashkilotlari tomonidan qurilib foydalanishga topshirildi. Ayni vaqtda tumanning “Qo‘rg‘on” MFYda avtomobil ko‘prigi qurilish ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, 4 ta mahallada 1 ta ochiq lotok shaklida va 3 ta avtomobil ko‘priklari qurilishi rejalashtirilgan.

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM