Tuman hokimining navbatdagi ommaviy sayyor qabuli bo'lib o'tdi

Bugun, 9-oktabr kuni 5-sonli bolalar musiqa va san'at maktabida tuman hokimi D.Shakarboyev, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qo'shrabot tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri B.Yusupov, tuman hokimining o'rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo'limi boshlig'i S.Maxmudova, tumandagi korxona va tashkilot rahbarlari hamda murojaat bilan kelgan fuqarolar ishtirok etishdi.

 

 

Qabul davomida 24 nafar fuqarodan 26 ta murojaat xususan, tibbiy va moddiy yordam olishda amaliy yordam, ishga joylashish, kredit olish, gaz ballon olish, kadastr masalasi va shu kabi murojaatlar kelib tushdi.

 

Fuqarolar tomonidan bildirilgan har bir murojaat tegishli tartibda ro'yxatga olinib, o'rganib ijrosini ta'minlash borasida tegishli mas'ullarga biriktirildi.

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM