Qo‘shrabot tumani Iqtisodiyot va moliya bo‘limining 2023-yil “Fuqarolar tashabbusi” I va II mavsumi bo‘yicha hisoboti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi “Budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5072-sonli Qarori hamda 2021-yil 22-apreldagi KQ-213-IV-sonli Qarorining nizom talablariga asosan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya Vazirligining “Ochiq budjet” axborot portali orqali 2023-yil 1-mavsumda Qo‘shrabot tumani bo‘yicha jami 12 ta loyiha g‘olib bo‘lib, jami 13 mlrd 500 mln so‘m mablag‘lar loyihalar uchun ochilgan shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga o‘tkazilgan.

Ushbu loyihalardan 4 tasi qurilish tamirlash bo‘yicha jami qiymati 4 mlrd 600 mln so‘mlik loyiha ya’ni:

-      “Shavona” MFY ichki yo‘llarini asfalt qilish, jami qiymati 1 200 mln so‘m,

-      “Jonbuloq” MFY ichki yo‘llarini asfalt qilish, jami qiymati 1 200 mln so‘m,

-      “Pangat” MFY ichki yo‘llarini asfalt  qilish, jami qiymati 1 200 mln so‘m,

-      “Qo‘rg‘on” MFY Istiqbol qishlog‘i ichki yo‘llarini asfalt qilish, jami qiymati 1 000 mln so‘mlik loyiha takliflari bo‘yicha ishlar yakunlangan.

  Shuningdek, tovar va xizmatlar harid qilish bo‘yicha 2 ta loyiha jami qiymati 2 mlrd 400 mln so‘mlik loyihalar

-     “Buloqboshi” MFYdagi Markaziy shifoxona moddiy texnik bazasini mustahkamlash jami qiymati 1 200 mln so‘m,

-     “Zarkent” MFYdagi Zarkent OP-43 moddiy texnik bazasini mustahkamlash jami qiymati 1 200 mln so‘mlik loyihalar yakunlangan.

  4 ta jami qiymati 4 mlrd 800 mln so‘mlik loyihalar bo‘yicha ishlar jarayoni davom etmoqda.

Jumladan:

- “Qo‘ralos” MFYdagi Sport maktabni ta’mirlash, jami qiymati 1 200 mln so‘m,

-“Tinchlik” MFYdagi 49-maktabga qo‘shimcha bino qurish, jami qiymati 1 200 mln so‘m,

- “Shavona” MFYdagi 35-maktabga faollarzali qurish, jami qiymati 1 200 mln so‘m,

- “Qo‘shtamg‘ali” MFYdagi 6-maktabga sport zal qurish, jami qiymati 1 200 mln so‘mlik ishlar davom etmoqda, 2 ta loyiha jami qiymati 1 mlrd 700 mln so‘m loyihalar bo‘yicha qurilish ishlari bugungi kunda qurilishi rejalashtirilgan joyda boshlanmagan.

-  “Shova” MFYda sun’iy qoplamali mini-futbol maydonini qurish jami qiymati 500 mln so‘m. Ushbu loyiha bo‘yicha buyurtmachi Samarqand viloyati bo‘yicha “Yagona buyurtmachi xizmati injinering kampaniyasi” tomonidan qayta hujjatlashtirish ishlari olib borilmoqda.

 -  “Qo‘shtamg‘ali” MFYda Elektr tarmoqlari tortish transformator o‘rnatish va sim yog‘ochlarni yangilash bo‘yicha jami qiymati 1 200 mln so‘mlik loyiha bo‘yicha buyurtmachi Samarqand viloyati “Hududiy elektr tarmoqlari karxonasi” tomonidan ish bajaruvchini anqlash bo‘yicha “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida o‘tkazilgan tender jarayonida.

  Joriy yilning 17-iyulidan 6-avgust kunigacha fuqarolar tomonidan 2023-yil 2-mavsumida jami 157 ta takliflar ilgari surilgan bo‘lib, ulardan 2021-yil 22-apreldagi KQ-213-IV-sonli Qarori tegishli bandlariga asosan saralab ovoz yig‘ish jarayonida tumanimizning 45 ta mahallalari tomonidan bildirilgan jami 127 ta takliflar ovoz yig‘ish jarayoniga o‘tdi.

Ovoz to‘plash bosqichi jarayoni yakunlariga ko‘ra 2023-yil 2-mavsumda  jami 4 ta loyiha takliflari aftomatlashgan axborot tizimi orqali g‘olib deb topildi.

 1.    “Qo‘shtamg‘ali” MFY “Qishloqqa tutashadigan 2357 metr yoʻlga asfalt qoplamasini yotqizish” taklif loyihasi 15 363 ta ovoz bilan birinchi o‘rinni 

 2.    “Shavona” MFY Shamolli qishlog‘i 2 200 metr ichki yo‘lini ta’mirlash, asfalt qoplamasini yotqizish (eni 4 metr) taklif loyihasi 14 317 ta ovoz bilan ikkinchi o‘rinni.

 3.    “Shavona” MFY “To‘labosti va Istiqbol qishloq qabristoniga olib boruvchi yo‘lning 2500m×4,5m=11250 kv metrga asfalt qoplamasi yotqizish ishlarini amalga oshirish” taklif loyihasi 11 202 ta ovoz bilan uchinchi o‘rinni.

 4.    “Qo‘rg‘on” MFY “Qo‘rg‘on 2 ko‘chasiga 2 200 metr asfalt yotqizish kerak.” Taklif loyihasi 11 050 ta ovoz bilan to‘rtinchi o‘rinda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.

Ushbu loyihalarga buyurtmachi etib 2022-yil 17-noyabrdagi PQ-425-son qarorga asosan “Samarqand mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi” DUK etib belgilandi hamda ushbu g‘olib loyihalar bo‘yicha Iqtisodiyot va Moliya vazirligi G‘aznachiligida mablag‘lar manbaasi “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” bo‘lgan shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i ochildi. Jamg‘arma hisobidan tuman hokimligi tomonidan g‘olib deb topilgan loyiha uchun manzilli ro‘yxatda nazarda tutilgan mablag‘lar har bir loyiha uchun alohida g‘azna hisobvaraqlariga o‘tkazib berildi.

Tuman Iqtisodiyot va moliya bolimi mudiri Otkir Abduvohidov 

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM