“Keksalar haftaligi” doirasida tumandagi nuroniy ijodkorlar, oqsoqollar va yoshlar ishtirokida kitob taqdimoti o‘tkazildi.

Mamlakatimizda joriy yilning 2-8-oktabr kunlari “Keksalarga hurmat yoshlarga ibrat” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan “Keksalar haftaligi”ni yuqori saviyada o‘tkazish belgillangan.

Bugun, 5-oktabr kuni “Nuroniy jamg‘armasi” Qo‘shrabot tuman bo‘limi hamda Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qo‘shrabot tuman bo‘linmasi hamkorligida Yoshlar markazi binosida “Keksalar haftaligi” doirasida tumandagi nuroniy ijodkorlar, oqsoqollar va yoshlar ishtirokida kitob taqdimoti o‘tkazildi.

 

Mazkur tadbirda shoir Boymurod Aliqulovning yaqinda nashrdan chiqarilgan “Hayrat bulog‘i” nomli mualliflik kitobi hamda “Saroydan taralgan nur” nomli bayoz to‘plami taqdimoti o‘tkazildi.

Kitob taqdimotida bir guruh nuroniy va oqsoqollar bilan bir qatorda ijodsevar, kitobsevar yoshlar ham ishtirok etishdi. Tadbirga yig‘ilgan ishtirokchilarga shoir B.Aliqulov tomonidan yangi kitobdan joy olgan Vatan, Ilm, Shijoat va Yoshlik mavzularidagi otashin, qalbga yaqin she’rlar o‘qib berildi. Ishtirokchilar tomonidan shoirga muvaffaqiyatlar tilandi, yangi kitob xususida fikrlar bildirildi, yoshi ulug‘ nuroniylar tomonidan ezgu duolar qilindi.

 

 

Tadbir yakunida “Nuroniy jamg‘armasi” Qo‘shrabot tuman bo‘limi hamda Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qo‘shrabot tuman bo‘linmasi tomonidan shoir B.Aliqulovga yoshlarni kitobxonlikka jalb etish, mutolaa ma’daniyatini rivojlantirish, ular o‘rtasida adabiy muhitni yuksaltirish hamda “Keksalar haftaligi”dagi faol ishtiroki uchun faxriy yorlig‘i topshirildi.

Shuningdek, bir guruh nuroniylar va yoshlar tuman markazidagi Yoshlar markazida tashkil etilgan Javohir Sindorov nomidagi shaxmat klubida shaxmat bo‘yicha o‘zaro bellashishdi.

“Keksalar haftaligi” doirasida o‘tkazilgan mazkur tadbir yuqori saviyada va kayfiyatda o‘tdi.

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM