Navbatdagi sayyor qabul "Qiyqim" MFY aholisi uchun o'tkazildi

Bugun, tuman hokimi, 1-sektor rahbari D.Shakarboyev, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qo'shrabot tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri B.Yusupov hamda tumandagi korxona va tashkilot rahbarlari ishtirokida "Qiyqim" MFY hududida joylashgan 13-maktabda navbatdagi sayyor qabuli o'tkazilib, aholini qiynab kelayotgan muammolari tinglandi.

 

 

Qabul davomida  murojaatlar xususan, elektr energiya, hududlarni obobdonlashtirish, tibbiy va moddiy yordam olish, tabiiy gazga ulanish va shu kabi masalalar kelib tushdi.

Bildirilgan murojaatlarni o'z vaqtida ijrosini ta'minlash bo'yicha mas'ullarga tegishli tavsiya va ko'rsatmalar berildi.

Shuningdek, qabul so'nggida tuman hokimi Dilshod Shakarboyev rahbarligida mas'ullar tomonidan kelib tushgan murojaatlar yuzasidan joylarga chiqib o'rganish ishlari olib borildi.

  

Qo'shrabot tumani hokimligi axborot xizmati

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM