“Open budjet”: 2-mavsum yakunlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi “Budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5072-sonli Qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya Vazirligining “Ochiq budjet” axborot portali orqali joriy yilning 17-iyulidan 6-avgust kunigacha fuqarolar tomonidan 2023-yil 2-mavsumda jami 157 ta takliflar ilgari surilgan bo‘lib, ulardan 2021-yil 22-apreldagi KQ-213-IV-sonli Qarori tegishli bandlariga asosan saralab ovoz yig‘ish jarayonida tumanimizning 45 ta mahallalari tomonidan bildirilgan jami 127  ta takliflar ovoz yig‘ish jarayoniga o‘tdi.

Saralash jarayonigacha takliflar quyidagi sohalar bo‘yicha berilgan:

  • Yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha 52 taklif,
  • Umumta’lim maktablari bo‘yicha 22 ta,
  • Bolalar va yoshlar sport masalalari bo‘yicha 14 ta,       
  • Sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha 7 ta,
  • Elektr energiyasi masalalari bo‘yicha 7 ta
  • Va qolgan boshqa sohalar bo‘yicha 25 ta takliflar keyingi bosqichga o‘tgan.

Ovoz to‘plash bosqichi 2023-yil 27-avgust kuni boshlanib shu yilning 16-sentyabr kuni yakunlandi.

2023-yil 2-mavsum ovoz berish yakunlariga ko‘ra jami 4 ta loyiha takliflari aftomatlashgan axborot tizmi orqali g‘olib deb topildi.

  1. “Qo‘shtamg‘ali” MFY “Qishloqqa tutashadigan 2357 metr yoʻlga asfalt qoplamasini yotqizish” taklif loyihasi 15 363 ta ovoz bilan birinchi o‘rinni
  2. “Shavona” MFY Shamolli qishlog‘i 2 200 metr ichki yo‘lini ta’mirlash, asfalt qoplamasini yotqizish  (eni 4 metr)” taklif loyihasi 14 317 ta ovoz bilan ikkinchi o‘rinni.
  3. “Shavona” MFY “To‘labosti va Istiqbol qishloq qabristoniga olib boruvchi yo‘lning 2500m×4,5m=11250 kv. metrga asfalt qoplamasi yotqizish ishlarini amalga oshirish” taklif loyihasi 11 202 ta ovoz bilan uchinchi o‘rinni.
  4. “Qo‘rg‘on” MFY “Qo‘rg‘on 2-ko‘chasiga 2 200 metr asfal yotqizish” taklif loyihasi 11 050 ta ovoz bilan to‘rtinchi o‘rinda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.

Yuqorida qayd etilgan g‘olib  takliflar uchun jami 5 892 200 308 so‘m mablag‘lar ajratilishi ko‘zda tutilmoqda.

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM