Qo‘shrabot tumani hokimi, 1-sektor rahbari Shakarboyev Dilshod Davronovich ishtirokida navbatdagi matbuot anjumani o‘tkazildi.

Mavzu: Qo‘shrabot tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tizimida 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar va 2024-yildagi ustuvor vazifalar to‘g‘risida
 

Bugungi kunda tumanda 88 ta maktab, 1 ta “Barkamol avlod” bolalar maktabi hamda 45 ta (845 nafar o‘quvchilar) maktab filiallari mavjud bo‘lib, ularda 25558 nafar o‘quvchilar (12794 nafar qizlar) tahsil olmoqda.

Maktablarning umumiy o‘quvchi o‘rni 24402 ni, koeffitsienti 1,1 ni,                  2 va undan yuqori koeffitsientli maktablar 2 ta (12 va 34-maktablar) ni tashkil qiladi.

2022-yil yakunlari bo‘yicha Milliy reytingda Qo‘shrabot tumani Respublikada 125-o‘rinda va viloyatda 9-o‘rinda.

2023-yilda maktab bitiruvchilarni OTM kirish ko‘rsatkichi 24,5 % bilan viloyatda 6 o‘rinda.

Tumanda 14082 nafar maktabgacha yoshdagi bolalar mavjud bo‘lib, ularning 10413 nafari yoki 73,9 foizi maktabgacha ta’lim bilan qamrab olingan (2017-yilda 10,7 foiz).

Maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish ko‘rsatkichi viloyatda 8-o‘rinda.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni xozirgi kunda 196 ta (2017 yilda 14 ta) tashkil etmoqda.

  1. Kadrlar salohiyatini oshirish bo‘yicha.

Tumanda 2943 nafar pedagog xodimlar, shundan 2509 nafari oliy (85,2 %), 326 nafari tugallanmagan oliy (11,0%) va 108 nafari o‘rta maxsus (3,6%) ma’lumotli o‘qituvchilar mavjud.

Ulardan 195 nafari oliy (6,6%), 538 nafari birinchi (18,2%), 819 nafari ikkinchi (27,8%) va 957 nafari mutaxassis (32,5 %) pedagoglarni tashkil qiladi.

Maktabgacha ta’lim tizimida 2023-2024-o‘quv yilida 411 nafarni pedagoglar faoliyat yuritib, shundan 168 nafari oliy ma’lumotli, 243 nafari esa o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lib, 387 nafarini ayollar tashkil etadi.

Olis va chekka hududlarda joylashgan  maktablarga respublikamizning turli Navoiy, Jizzax, Andijon viloyatlaridan 2023-2024-o‘quv yilida 25 nafar pedagog xodimlar ishga qabul qilindi.

2024-yilda o‘qituvchilarning 1380 nafari (46,8 %) pedagogik markazda  va 1563 nafari (53,1%) uzluksiz kasbiy ta’lim platformasi orqali (onlayn) malaka oshirishi rejalashtirilgan.

Shundan, joriy yilning 1-choragida o‘qituvchilarning 280 nafari (9,5 %) malaka oshirish kurslariga jalb qilindi.

2024-2025-o‘quv yilida maktablarda xorijiy kitoblar, ilg‘or o‘quv dasturlari va metodikalaridan yerkin foydalanish hamda chet tili o‘qitishni yo‘lga qo‘yish maqsadida Xorijiy va Osiyo davlatlaridan 7 nafar malakali o‘qituvchilarni jalb qilish rejalashtirilgan.

2024-yil yanvar-mart oylarida o‘tkaziladigan pedagog kadrlar  attestatsiyasida 970  nafar o‘qituvchilar test jarayonlarida ishtirok etishadi.

2023-2024-o‘quv yilida 15 ta (43, 85, 31, 2, 42, 44, 8, 11, 35, 86, 15, 73, 17, 56, 33-maktablar) maktablarda rus tili va 19 ta (40, 43, 38, 2, 58, 44, 11, 76, 84, 71, 86, 60, 49, 30, 73, 66, 61, 63, 56-maktablar) maktablarda ingliz tili  o‘qituvchilariga ehtiyoj mavjud.

2.Ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha

2024 yil 1 sentyabrdan boshlab menejerlik sertifikatiga ega bo‘lgan maktab direktorlariga 50% va maktab direktori o‘rinbosarlariga  30% lavozim maoshiga har oylik qo‘shimcha ustamalar to‘lash amaliyoti joriy etildi.

Shundan 2024-yilda 8 ta maktab direktori menejerlik o‘quv kurslarida o‘qitish rejalashtirilgan.

Maktablardagi 13 nafar stajyor o‘qituvchini kasbiy sertifikatlash uchun nazorat sinovlariga jalb etiladi.

Ikkinchi toifali va mutaxassis toifali 158 nafar o‘qituvchilarni pedagogik mahoratlarini oshirish maqsadida 6 ta (matematika, informatika, tarix, ona tili va adabiyot, biologiya va fizika) fanlarning tajribali pedagoglardan “Mobil metodik guruhlar” shakllantirildi.

Yangi ta’lim dasturlari bo‘yicha 5 ta (64, 77, 74, 88 va 89-maktablar) maktablarda yangi baholash tizimi joriy etildi. 2024/2025 o‘quv yilidan yana 10 ta (9, 13, 15, 31, 34, 45, 62, 81, 82, 85-maktablar) maktablarda yangi baholash tizimi joriy etiladi.

2023-2024-o‘quv yilida jami 1490 nafar o‘quvchilar maktabni tamomlaydi va elektron shahodatnoma bilan ta’minlanadi.

2024-2025-o‘quv yilida 2940 nafar o‘quvchilar 1-sinfga qabul qilinishi rejalashtirilgan.

3.Bitiruvchilarning oliy ta’lim muassasalariga qamrovi.

2023-yilda umumta’lim maktablarining 11-sinfini bitirgan 1608 nafar o‘quvchilarning 608 nafari (37,8%) oliy o‘quv yurtlariga kirishga muvaffaq bo‘lishgan. O‘tgan yilga nisbatan ko‘rsatkich 1,7 % ga o‘sgan.

2023-2024-o‘quv yilida jami 1490 nafar o‘quvchilardan 22 nafar o‘quvchilarga  oltin va kumush medallarga (21 ta  oltin va 1 ta kumush medal) buyurtma berilgan.  

11-sinf o‘quvchilarimizning 35 nafarida (2,3%) oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishga imtiyoz beradigan CEFR va IELTS sertifikatlari mavjud.

57-maktabni 11-sinf o‘quvchisi Shukurullaeva Sug‘diyona Ulug‘bek qizini Xitoy halq respublikasining TOP-1000 taliikka kirgan universitetlarining biriga viloyat hokimligi tomonidan imtiyozli o‘qishga yuborish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari 1-maktabni 11-sinf o‘quvchisi Shamsieva Shahnoza Jaloliddin qizi Angliya davlatining British Management universitetiga 20 % li grant bilan va 32-maktabni 11-sinf o‘quvchisi Muratova Kamola Murod qizi AQSh davlatining  Arizona universitetiga 23000 $ grant asosida muddatidan oldin talaba bo‘lishdi. 

4.Fan olimpiadalarining natijalari bo‘yicha.

Camarqand viloyat hokimi tashabbusi bilan o‘tkazilgan 12 nomdagi fanlar bo‘yicha fan olimpiadasining tuman bosqichida 16 ta (82, 12, 64, 13, 77, 72, 26, 16, 59, 10, 9, 48, 19, 78, 68, 35-maktablar) maktablardan faqat faxrli 1-o‘rinni egallagan 24 nafar 10-11-sinf o‘quvchilari joriy yilning iyun oyining birinchi o‘n kunligida bo‘ladigan viloyat bosqichida tumanimiz sha’nini himoya qilishadi.

Asosiy fan olimpiadasining viloyat bosqichida 13-maktabni 9-sinf o‘quvchisi kimyo fanidan Ubaydullaev Diyorbek Ulug‘bek o‘g‘li 1-o‘rinni  va 2-maktabni 10-sinf o‘quvchisi matematika fanidan Abduvohidov Sherzod Sherali o‘g‘li 2-o‘rinni yegalladi.

7-8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida Al-Xorazmiy nomidagi aniq va tabbiy fanlar (Science) olimpiadasining tuman bosqichida 12 ta (77, 12, 15, 26, 31, 11, 64, 36, 13, 9, 14, 10-maktablar) maktablarning 12 nafar o‘quvchilari tuman bosqichida faxrli  1-, 2-, 3-o‘rinlarni egallab, viloyat bosqichida ishtirok etishgan, afsuski, viloyat bosqichida bironta ham o‘quvchimiz faxrli o‘rinlarni egallay olishmagan.

Maktab o‘quvchilarining olimpiadalardagi natijalarini yaxshi deb bo‘lmaydi. Bundan, maktab rahbarlari iqtidorli o‘quvchilarni turli olimpiadalarga tayyorlash ishlarini tizimli yo‘lga qo‘yishmaganini ko‘rish mumkin.

5. Horijiy tillar bo‘yicha.

88 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablaridan 85 tasida ingliz tili, 4 tasida (9-, 11-, 35-, 88-maktablarda) ingliz va nemis tili, 9 tasida (28-, 36-, 55-, 68-, 76-, 80, 82, 87 va 89-maktablarda) ingliz va fransuz tili fanlari o‘qitiladi.

182 nafar horijiy tili o‘qituvchilarning 48 nafarida (26,3%) Xalqaro va milliy sertifikatlar mavjud. O‘tgan yilga nisbatan ko‘rsatkich aprel oyi holatiga 2,6 foizga oshgan.

Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab tanlovining tuman bosqichida  faxrli 1-o‘rinni 26-maktab jamoasi (mukofot miqdori 100 million), 2-o‘rinni 82-maktab jamoasi (mukofot miqdori 75 million) va 3-o‘rinni 66-maktab jamoasi (mukofot miqdori 50 million) egalladi.

Ushbu 26-maktab, 82-maktab va 66-maktab jamoalari viloyat bosqichida ham ishtirok etishadi.

6. Maktablarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining joriy etilish holati to‘g‘risida.

88 ta maktablarga OTAL internet tarmog‘iga ulangan va ichki lokal tarmoq to‘liq tortilgan. Internet tezligi 100 mb/s tashkil etadi.

Maktablarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining joriy etilganligi holati (kompyuter texnikasi, orgtexnika, internet va boshqalar) o‘rganib chiqilib, WI-FI (routorlar) 15 dona, noutbuk 70 dona va 6 ta printerlar berildi.     

Maktablarda “Kundalik” va Yagona dasturiy majmuasida (ERP) elektron tizimi joriy qilindi.

2022-2023-o‘quv yilidan maktab bitiruvchilariga e-shahodatnoma.uz bazasi orqali elektron shahodatnomalar berilishi yo‘lga qo‘yildi.

2406 nafar o‘quvchi va o‘qituvchilar bir million dasturchi platformasidan ro‘yxatdan o‘tgan va 118 tasi sertifikat olgan.

104 nafar informatika o‘qituvchilardan 47 nafari (45,1%) Xalqaro sertifikat olishgan.

2023-o‘quv yilida 23 ta maktablar 371 dona zamonaviy kompyuterlar bilan ta’minlandi. 

2023-yilda Xitoy grandi asosida,  8 ta (1, 9, 27, 37, 58, 62, 79, 87-maktab) maktablarga 16 komplektdan zamonaviy  komp’yuterlar, 8 ta (1, 4, 14, 73, 70, 76, 82, 87-maktab) maktablarga elektron doskalar  bilan ta’minlandi.

7.O‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish ishlari bo‘yicha:

2023-2024-o‘quv yilidan 5  ta  (32, 36, 82, 88, 89-sonli) maktablarda Ikkita til va kasb-hunarga  o‘qitish  tizimi  joriy  etilgan  bo‘lib,  kelgusi  o‘quv  yilidan   yana  5  ta  9, 19, 28, 64, 68-sonli)  maktablarda  joriy  etiladi

8.Ma’naviy-ma’rifiy ishlar yo‘nalishi bo‘yicha.

2023-yilda Xitoy grandi asosida,  88 ta ta’lim muassasalariga 7 xil turdagi milliy musiqa anjomlari, 4 xil turdagi futbol, basketbol, valeybol va qo‘l kaptoklari hamda 1 xil turdagi sekundomerlar bilan ta’minlandi.

Maktablarda 5 tashabbus doirasida 849 ta to‘garaklar tashkil etilib, ularga 34964 nafar  o‘quvchilar jalb etilgan.

  “Yoshlar turizmi” loyihasi doirasida o‘quvchilarni ta’til davrida bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish yuzasidan viloyatdagi muzeylarga, tarixiy qadamjolarga tashrif buyurishlarini tashkil etish ishlari amalga oshirilmoqda.

 “Yosh kompyuterchi”, “Yosh dasturchi” kabi to‘garaklarda 5254 nafar o‘quvchilar qamrab olingan.

Tumandagi 1 ta Bolalar va o‘smirlar sport maktablari o‘zlariga yaqin bo‘lgan hududdagi maktablarga biriktirilib, 18 turdagi sport to‘garaklari tashkil etildi va ularga 1017 nafar o‘quvchilar qamrab olindi.

9.Darsliklar bilan ta’minlanganlik holati.

Umumta’lim maktablari 167 nomdagi 400143 dona darsliklar bilan taminlangan. Bu tuman bo‘yicha darsliklarga bo‘lgan umumiy ehtiyojning 99,66 % ni tashkil etadi.

2023-2024-o‘quv yilidan 1-sinf o‘quvchilari uchun informatika va axborot texnologiyalari fani joriy etildi.

2023-2024-o‘quv yilidan 3, 6,7 va 10-sinflar uchun o‘quv darsliklari, mashq daftarlari va metodik qo‘llanmalari to‘liq yangilandi.

2023-2024-o‘quv yilida 1-4-sinf o‘quvchilari yangi 4K modeliga asoslangan zamonaviy darsliklar bilan to‘liq ta’minlandi.

10.Qurilish-ta’mirlash ishlari va moddiy texnik baza.

Tumanda 4 ta investitsiya dasturi asosida  (46, 64, 71, 81)-maktablarda 620 o‘rinli o‘quv binolari qurilish ishlari tugatilib, foydalanishga topshirildi. Loyiha qiymati 7 mlrd 481 mln so‘m mablag‘ni tashkil etadi.

2  ta (16, 17,) DMTT larda loyiha qiymati 8 mlrd 448 mln so‘m mablag‘ xisobidan 210 o‘rinli bino rekonstruksiya ishlari amalga oshirilgan. 

2023-yil OPEN byudjet loyihasi asosida tumandagi 3 ta ( 6, 35, 49)-maktablar qiymati 3 mlrd 600 so‘mlik 1 ta 12x24 o‘lchamli sport zal, 1 ta 130 o‘rinli faollar zal1 ta 120   o‘rinli  qo‘shimcha bino  qurish ishlari yakunlandi.

Bundan tashqari tumandagi 7 ta (10, 17, 30, 42, 44, 73, 79)-maktablarning xojatxonalari, 1 ta 77-maktabning ko‘mirxonasi va 1 ta 16-maktabni sport zali jami 225 mln so‘m mablag‘lar hisobidan joriy ta’mirlangan.

Tumanda 10 ta (1, 15, 18, 23, 28, 31, 36, 72, 84, 85)-maktablarga  200 l giakallektorlar o‘rnatildi.

Viloyat byudjetidan 8 ta (14, 27, 37,  39, 66, 79, 84, 86) maktablarga 15 kvt quyosh panel va mahalliy byudjetdan 5 ta (5, 15, 64, 72, 82) -maktablarga 5 kvtli quyosh panel o‘rnatildi va 2 ta 1- va 7-MTTlarga 5 kvtli quyosh panel o‘rnatildi.

2023-2024-yillar kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida 5099 tonna ko‘mir mahsuloti ajratilib, kuz-qish mavsumi betalofat o‘tkazildi.

5 ta (9, 12, 35, 77, 88) maktablar  va 6 ta  (1, 2, 5, 7, 15, 18) MTTlar PQ-57 sonli qaror asosida gaz yoqilg‘isidan ko‘mir yoqilg‘isiga o‘tkazildi.

Davlat MTTlarini toifalarga bo‘lganda, “Yashil” toifaga 29 ta                                              (1, 2, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10, 11, 12, 14, 15, 16, 17, 18, 19, 20, 21, 22, 25, 26, 27, 28, 29, 30, 31, 32 va 33)-maktabgacha ta’lim tashkilotlari va “Sariq” toifaga 2 ta   (3 va 13)- maktabgacha ta’lim tashkilotlarini binolari ta’mirga muhtojligi sababli kiritilgan.

24 ta (2, 7, 15, 21, 25, 26, 28, 34, 37, 42, 49, 50, 51, 54, 56, 61, 63, 67, 72, 73, 79, 81, 84, 89) maktablarga 42 dona qozon o‘rnatilib, issitish tizimi to‘liq ta’mirlandi.

2024-yilda tuman maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limi tizimida yangi maktablar, sport zal, qo‘shimcha bino va filiallarni qurish, mavjudlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha bir qancha ishlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Shu jumladan,  Investitsiya dasturi asosida 1 ta Ozod MFY da yangi 264 o‘rinli yangi maktab qurish, 6 ta (12, 26, 34, 43, 48, 73-maktablar) maktablarni navbatlilik koeffitsenti 1,8-2,4 dan oshib ketganligi sababli jami 1350 o‘rinli qo‘shimcha bino, hamda violyat prokuroturasi tashabbusi bilan 2 ta (45-51-maktablar)ga qo‘shimcha 250 o‘quv o‘rinli binolar va O‘rtasoy MFY ga 60 o‘rinli yangi Maktabgacha ta’lim tashkilotilarida loyixalashtirish va  qurish ishlari boshlangan.

2024-yil 1 bosqich OPEN byudjet asosida 3, 23-umumta’lim maktabi 12x24 o‘lchamdagi sport zal va 8-maktab 120 o‘rinli qo‘shimcha bino qurish  loyihasida g‘olib kelib loyihalashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

2, 10, 24, 40, 44, 47, 51, 52, 53, 55, 58, 59, 66, 67, 71, 73, 76, 79, 83 va 84-maktablarni atrofini o‘rash va 5, 22, 25, 27, 29, 30, 42, 44, 45, 50, 51, 52, 53, 58, 59, 63, 66 va 83-maktablarni ichimlik suvi bilan ta’minlash rejalashtirilgan.

13-maktabga 240 o‘rinli qo‘shimcha bino, 35-maktabga 140 o‘rinli qo‘shimcha bino va 12x24 o‘lchamli sport zal,  30-maktabni mukammal ta’mirlash va 60 o‘rinli yangi filial binosini qurish, 78-maktabga 120 o‘rinli qo‘shimcha bino va 12x24 o‘lchamli sport zal,  53-maktabga 240 o‘rinli binosini mukammal  tamirlash va 160 o‘rinli qo‘shimcha bino va 60-o‘rinli filial binosi  qurish, 50-maktabga 160 o‘rinli qo‘shimcha bino va 12x24 o‘lchamli sport zal, 62- va 23-maktablarga 60 o‘rinli filial binosini qurish, 56- va 60-maktablarni sport zallarini mukammal ta’mirlash, 51-, 58-, 66 -maktablarga 120 o‘rinli qo‘shimcha bino qurish, 2, 5, 10, 19, 42, 52, 54, 55, 69 va 77-maktablarga 12x24 o‘lchamli sport zal qurish taklifi berilgan.  

 

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM