Tuman Xalq ta’limi tizimidagi qizil hududga tushgan maktablar ularni natijalarini ko‘tarish hamda malakali pedagoglarni jalb qilish to‘g‘risida ma’lumot

2022-2023-o‘quv yilida tumandagi 88 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablarini 1608 nafar 11-sinf bitiruvchilaridan  405 (24%) nafari oliy ta’lim muassasalariga  o‘qishga qabul qilindi.

   11-sinf bitiruvchilarining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi tumandagi maktablar kesimida tahlil qilinganda, tumandagi 32,60,56,57,79,80,84-umumiy o‘rta ta’lim maktablaridan bironta ham bitiruvchilar oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirmaganligi uchun ushbu maktablar ta’lim sifati past maktablar ro‘yxatiga kiritilgan.

Ushbu 32,60,56,57,79,80,84-umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ta’lim sifatini oshirish maqsadida boshqa viloyatlardan oliy va birinchi toifali  o‘qituvchilar jalb qilindi.

Jumladan: 80-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga boshlang‘ich ta’lim faniga (Qarshieva Ruxsora), ingliz tili faniga (Rahimova Gulandom), musiqa faniga (Toshturova Iroda), informatika faniga (Toshturov Farrux)lar, 57-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga rus tili faniga (Fayzullaev Rustam), ona tili va adabiyot faniga (Yoqubov Sodiqjon), 56-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tasviriy san’at va chizmachilik faniga (Ochilova Sabina), matematika faniga (Fayzullaeva Nafisa), ingliz tili faniga (Ro‘ziqulov Navruz), boshlang‘ich ta’lim faniga (Shodieva Umida), 60-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tarix faniga (Tirkashov Zohid), onatili va adabiyot faniga (Rahmonov Qodir), boshlang‘ich ta’lim faniga (Egamov Iso)lar, 79-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tarix fanidan (Rahmatov Sardor), biologiya faniga (Rahmatov Muzaffar), matematika faniga (O‘tkirov Sherxon)lar, 84-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga biologiya faniga (Rahmonberdieva Iqbolxon), boshlang‘ich ta’lim faniga (Ergasheva Maxfurat)lar, 32-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga ingliz tili faniga (Bolieva Nargul), rustili faniga (Normurodov Otamurod)lar olib kelindi.

Ushbu 32,60,56,57,79,80,84-umumiy o‘rta ta’lim maktablarida fan o‘qituvchilarining bilim samaradorligini oshirish maqsadida Samarqand viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi bilan hamkorlikda ishlar amalga oshirilmoqda.  2023-yil  oktyabr oyida  Samarqand viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi xodimlari tomonidan barcha fanlar kesimida testlar olinib natijalari tahlil qilindi, o‘qituvchilar bilimida aniqlangan bo‘shliqlar bo‘yicha metodik tavsiyalar berildi.

2023-yil 17-21-oktyabr kunlari o‘tkazilgan fan olimpiadasining tuman bosqichida 57-maktabning 10-sinf o‘quvchisi Shukrullaeva Shodiyona ingliz tili fanidan, 10-sinf o‘quvchisi Jozilova Odina informatika fanidan,  32-maktabning 11-sinf o‘quvchisi Murodova Kamola ingliz tili fanidan, 80-maktaning 9-sinf o‘quvchisi Xolmatova Setora va 10-sinf o‘quvchisi Mirodinov Ozodbeklar geografiya fanidan tuman bosqichida g‘olib bo‘lib viloyat bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

2015-2024 © Qo'shrabot tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM