Янгиликлар

"Yashil makon" umummilliy loyihasi bo‘yicha navbatdagi seminar bo‘lib o‘tmoqda

Ayni vaqtda Qo‘shrabot tumani hokimligi binosi maydonida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida navbatdagi seminar bo‘lib o‘tmoqda. 

Ushbu seminarda tuman hokimi Dilshod Shakarboyev, idora va tashkilot rahbarlari, nuroniylar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishmoqda. 

Tuman hokimi Dilshod Shakarboyev ishtirokchilarga loyiha doirasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflarini bildirib o‘tmoqda.

Tuman hokimining navbatdagi ommaviy sayyor qabuli bo'lib o'tdi

Bugun, 30-oktabr kuni 5-sonli bolalar musiqa va san'at maktabida tuman hokimi Dilshod Shakarboyev, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qo'shrabot tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri Baxodir Yusupov, tumandagi korxona va tashkilot rahbarlari hamda murojaat bilan kelgan fuqarolar ishtirok etishdi.

Qabul davomida xususan, tibbiy va moddiy yordam olishda amaliy yordam, ishga joylashish, kredit olish, nafaqa puli olish, aliment pulini undirish va shu kabi murojaatlar kelib tushdi.

"Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish ishlari davom etmoqda.

Ayni vaqtda tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi xodimlari ham ushbu loyihaga o‘z xissalarini qo‘shish maqsadida turli xil mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini ekish ishlarini olib borishmoqda.

Aziz tumandoshlar, Sizlarni ham "Yashil makon" umummilliy loyihasida faol ishtirok etib, yurtimizni yashillikka burkashda befarq bo‘lmagan holda o‘z hissangizni qo‘shishga chorlab qolamiz.

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM