Qo'shrabotda 26 nafar maktab bitiruvchilariga oltin va kumush mеdallari topshirildi
Thu, 22/06/2023 - 11:41Bu yil tumanimizda 1608 nafar o'quvchi yoshlar maktablarni bitirib mustaqil hayotga qadam qo'ymoqda.
Ular orasida iqtidorli, bilimdon va ilg'or yoshlar ham anchani tashkil etadi. Birgina misol tariqasida ushbu yil maktab bitiruvchilarning 26 nafari, ya'ni 19 nafari oltin hamda 7 nafari kumush mеdallari bilan tamomladi.
Bundan tashqari tumanda 15 nafar o'quvchilar muddatidan oldin oliy ta'lim muassasalari talabasiga aylandi.
Qo'shrabot tumani hokimligi axborot xizmati