Янгиликлар

Xalq qabulxonasida tuman hokimining navbatdagi ommaviy sayyor qabuli bo'lib o'tdi.

15-yanvar kuni Xalq qabulxonasida tuman hokimi Dilshod Shakarboyev, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qo'shrabot tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri Baxodir Yusupov, tuman hokimining o'rinbosari Sohiba Maxmudova, tumandagi korxona va tashkilot rahbarlari hamda murojaat bilan kelgan fuqarolar ishtirok etishdi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan turli xil mazmundagi murojaatlar kelib tushdi.

Fuqarolar tomonidan bildirilgan har bir murojaat tegishli tartibda ro'yxatga olinib, ijrosini ta'minlash borasida tegishli mas'ullarga biriktirildi.

YOSHLAR BILAN SAMIMIY SUHBAT

Bugun, 21-dekabr kuni Zarkent shaharchasida joylashgan "Konchi madaniyat uyi"da "Hokim va yoshlar ochiq muloqoti" bo‘lib o‘tdi.

Samimiy va ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazilgan davra suhbati davomida, tumanimizning ilg‘or va o‘z ustida ishlaydigan, turli sohalarda yutuqlarga erishgan bir qator yoshlar ham ishtirok etdi.

 

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM