Янгиликлар

Ota-onalar yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Bugun, 11-oktabr kuni Qoʻshrabot tuman xalq taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi 1-umumtaʼlim maktabida direktor I.Abdurazzoqov va yuqori sinf oʻquvchilarining ota-onalari ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi. Yigʻilishda oʻquvchilar oʻrtasida jinoyatchilikning oldini olish, ularning dars mashgʻulotlariga muntazam ishtirok etishini taʼminlash, maktabda qoʻshimcha dars va toʻgaraklar faoliyati hamda boshqa muhim masalalar muhokama qilindi.

Obodlik

Qo'shrabot tumani Qiyqim mahalla aholisiga qulay shart-sharoit yaratish maqsadida ichki yo'llariga tuman yo'llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan sement-beton qoplamasi yotqizilmoqda.

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM