Янгиликлар

Yarmarka

18-oktabr "Samarqand shahar kuni" munosabati bilan Samarqand viloyati hokimligi tashabbusi bilan joriy yilning 15-19-oktabr kunlari tashkil etilgan Samarqand shahar aholisini arzonlashtirilgan mahsulotlar bilan ta’minlash maqsadida “Marmar” bozorida bo‘lib o‘tayotgan yarmarkada tumanimizda yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan Qishloq xo‘jaligi hodimlari faol ishtirok etishmoqda.

Қарздорлар 15 суткадан жазога тортилди

Бюронинг Қўшработ туман бўлими иш юритувида бўлган фуқаролик ишлари бўйича Иштихон туманлараро судининг 2018 йил 2 февралдаги қарори билан қарздор Х.А.дан ундирувчи Х.М. фойдасига икки нафар фарзандининг моддий таъминоти учун учдан бир қисми микдорида алимент ундириш тўғрисидаги ижро ҳужжати келиб тушган.

Sayyor qabul

Joriy yilning 18-oktabr kuni Qo'shrabot tumani Qiyqim mahalla fuqarolar yig'ini hududida joylashgan 13-maktab binosi hududida tuman hokimi D.Shakarboyev hamda korxona va tashkilot rahbarlari ishtirokida "Qiyqim" mahalla fuqarolar yig'inlari aholisi uchun navbatdagi Sayyor qabuli bo'lib o'tdi.

Qabul davomida 16 ta fuqarodan 20 ta murojaat kelib tushdi. Har bitta masala atroflicha o'rganilib, mas'ullarga ijobiy hal qilish choralari  bo'yicha taklif va ko'rsatmalar berilib, ijrosi to'liq nazoratga olindi.

Yangi tayinlov

Sulaymonov Erkin Umirovich - Qo'shrabot tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig'i lavozimiga tayinlandi.

Eslatib o'tamiz, E.Sulaymonov Qo'shrabot tuman Qishloq va suv xo'jaligi bo'limi boshlig'i, tuman hokimining o'rinbosari lavozimida ishlagan.

Tuman hokimligi jamoasi E.Sulaymonovga yangi va mas'uliyatli vazifada muvaffaqiyat tilaydi.

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM