Янгиликлар

Sayyor qabul

Sayyor qabul 

Joriy yilning 26-oktabr kuni Qo'shrabot tumani Yuqori Saroy mahalla fuqarolar yig'ini hududida joylashgan  15-maktab binosida tuman hokimi D.Shakarboyev hamda korxona va tashkilot rahbarlari ishtirokida "Yuqori Saroy" mahalla fuqarolar yig'inlari aholisi uchun navbatdagi Sayyor qabuli bo'lib o'tdi.

Qabul davomida fuqarolardan bildirilgan murojaatlar yuzasidan mutasaddi tashkilot mas'ullariga ko'rsatma va topshiriqlar berildi.

Sayyor qabul

Joriy yilning 25-oktabr kuni Qo'shrabot tumani Quvkalla mahalla fuqarolar yig'ini hududida joylashgan 70-sonli umumta'lim maktab binosi sport zalida tuman hokimi D.Shakarboyev hamda korxona va tashkilot rahbarlari ishtirokida mahalla fuqarolar yig'inlari aholisi uchun navbatdagi Sayyor qabuli bo'lib o'tdi.

Jarima maydonchasiga qo'yildi

Joriy yilning 24-oktabr kuni Qo'shrabot tuman Majburiy ijro byurosi tomonidan qarzdor "Yuqori Saroy Jobutoy servis" MCHJdan O'zsanoatqurilishbank ATB foydasiga 2 754 015 558 (ikki milliard yetti yuz ellik to'rt million o'n besh ming besh yuz ellik sakkiz) so'm kredit qarzdorligi uchun garov mulki bo'lgan xo'jalik mollar do'koni xatlandi va 30Q576UA davlat raqam belgili ISUZU FVR 34Q rusumli avtotransport vositasi xatlanib jarima maydonchasiga

Obodlik

Joriy yilning 24-oktabr kuni Qo'shrabot tumani Yuqori Saroy mahalla aholisiga qulay shart-sharoit yaratish maqsadida mahalla ichki tuproq yo'llariga tuman hokimligi va mutasaddi tashkilot rahbarlari tashabbusi bilan mahalla aholisining hashar yo'li orqali 1,5 km yo'l gredirlanib, ichki tuproq yoʻllariga 4 km uzunlikdagi yo'lga qum-shagʻal qoplamasi yotqizilib, obodonlashtirish ishlari yakunlandi.

 

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM