Bayramingiz muborak, aziz ayollar!
Wed, 06/03/2024 - 18:48Joriy yilning 5-mart kuni Diyora bazmgohida 8-mart - "Xalqaro xotin-qizlar kuni" munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni tuman hokimi Dilshod Shakarboyev kirish so‘zi bilan ochib berdi va tumanimiz xotin-qizlariga o‘zining bayram tabrigini yo‘lladi. Tadbirda xizmat faoliyatida o‘rnak ko‘rsatgan, namuna bo‘la olgan, ilg‘or va faol xotin-qizlarga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Tantanali kechgan tadbir xushovoz xonandalarning kuy-qo‘shiqlari hamda ishtirokchilarning raqslariga ulanib ketdi.