Янгиликлар

SAYYOR SUD BO‘LIB O‘TDI.

Bugun, 14-mart kuni Qo‘shrabot tumani IIB binosida Sayyor sud bo‘lib o‘tdi. Sayyor sudda Jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘shrabot tuman sudining raisi I.Xamidov, tuman prokurorining o‘rinbosari O.Qodirqulov, tuman IIB boshlig‘i o‘rinbosari S.Fozilov, tuman Probatsiya guruhi katta inspektori N.Ismatov hamda tuman IIB JXX Probatsiya hisobida turgan nazorat ostidagi shaxslar ishtirok etishdi.

Bayramingiz muborak, aziz ayollar!

Joriy yilning 5-mart kuni Diyora bazmgohida 8-mart - "Xalqaro xotin-qizlar kuni" munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni tuman hokimi Dilshod Shakarboyev kirish so‘zi bilan ochib berdi va tumanimiz xotin-qizlariga o‘zining bayram tabrigini yo‘lladi. Tadbirda xizmat faoliyatida o‘rnak ko‘rsatgan, namuna bo‘la olgan, ilg‘or va faol xotin-qizlarga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Tantanali kechgan tadbir xushovoz xonandalarning kuy-qo‘shiqlari hamda ishtirokchilarning raqslariga ulanib ketdi.

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM