Янгиликлар

Qo‘shrabot tumanida futbol va mini-futbol bo‘yicha DXX kubogi musobaqalariga start berildi.

Musobaqaning ochilish marosimida viloyat prokurori M.Eshnazarov, viloyat IIB boshlig‘i R.Mamatov, tuman hokimi D.Shakarboyev hamda tuman sektor rahbarlari ishtirok etib, mamlakatimizda sportni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, jumladan an’anaviy DXX kubogi turniri yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, futbolni ommalashtirish, iqtidorli yoshlarni aniqlashda muhim ahamiyat kasb etayotganini ta’kidladi va o‘yinni boshlab berishdi.

Viloyat sektor rahbarlari Qo‘shrabot tumanida bo‘ldi.

Avval xabar berganimizdek, viloyat prokurori M.Eshnazarov tomonidan tumanning olis hududlarida ta'lim sifatini yanada yaxshilash maqsadida 45 va 51-umumiy oʻrta ta'lim maktablariga qo‘shimcha zamonaviy yangi bino barpo etish ishlariga start berilgan edi.

Viloyat prokurori M.Eshnazarov, viloyat IIB boshlig‘i R.Mamatov, tuman hokimi D.Shakarboyev va tuman prokurori Dj.Mirsafayevlar hamrohligida 45 va 51-umumiy oʻrta ta'lim maktablarida boʻlib yangi qurilayotgan maktab binosi qurilish ishlarini koʻzdan kechirdi.

Xitoylik investorlar bilan hamkorlik kelishuvlariga erishildi

O‘zbekiston va Xitoy mamlakatlari o‘rtasida turli sohalarda ikki tomonlama hamkorlik izchil va samarali rivojlanmoqda.

Xususan, bugun Qo‘shrabot tumanida investitsion hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida Xitoylik ishbilarmon vakillari tumanga tashrif buyurdi.

Tuman hokimi D.Shakarboyev va Xitoylik ishbilarmonlar muzokaralar davomida Xitoylik investorlar tuman hududida yirik loyihalar amalga oshirish bo‘yicha rejalarni muhokama qilishdi hamda tumanga investitsiya kiritish bo‘yicha takliflarini bildirishdi.

HASHAR – HAMJIHATLIK, OBODLIK VA YARATUVCHANLIK RAMZI 

Ozodalik, poklik, saranjomlik yurtimizni yanada obod va fayzli, ko‘rkam qiluvchi jihatlardan. Bunda xalqimizning yillar davomida shakllangan ezgu qadriyati – hashar muhim o‘rin tutadi. 
 
Bugun mamlakatimizda «Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki” shiori ostida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish umumxalq xayriya hashari bo‘lib o‘tmoqda. 
 
Xususan, Qo‘shrabot tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida ham hashar uyushqoqlik bilan boshlanib ketdi. 
 

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM