Qo'shrabot tuman IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati fuqarolardan muddati tugayotgan biometrik pasportlar o’rniga ID kartalar almashtirishlarini so'rab qoladi.

Аssalomu alaykum hurmatli tumandoshlar!

 Qoʼshrabot tumani IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabr kunidagi “Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijga chiqish tartibi toʼgʼrisida”gi PQ-4079-sonli Qaroriga asosan 2022-yil davomida 3259 nafar fuqarolarimiz xorijga chiqish biometrik pasporti bilan xujjatlashtirildi. 
Shuningdek Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-sentyabr kunidagi “Oʼzbekiston Respublikasi fuqarosining idintifikatsiya ID-kartasi toʼgʼrisida”gi 6065-sonli Farmoniga asosan oʼtgan davr mobaynida 7936 nafar fuqarolarga Oʼzbekiston Respublikasi ID-kartasi rasmiylashtirib berildi.

      Hozirgi zamonga mos ravishda boʼlgan Oʼzbekiston Respublikasi ID-karta chipiga oʼrnatilgan maʼlumotlar orqali fuqarolarimizga davlat xizmatlari koʼrsatilishida bir qator qulaylilarga ega.
      Аyrim fuqarolarimiz tomonidan fuqarolik pasportlarini Oʼzbekiston Respublikasi ID-kartasiga almashtirishlari uchun fuqarolik pasportlarni muddatlarini oʼtkazib murojaatlar qilinishi oqibatida Oʼzbekiston Respublikasi MJtKning 223—moddasiga asosan javobgarlikga tortilishiga olib kelmoqda. 

    Shu sababli fuqarolarimiz tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi "Ma'muriy javobgarlik toʼgʼrisida”gi Kodeksning 223-moddasi buzilishi hamda javobgarlikga tortilishini oldini olish maqsadida, fuqarolik pasportlarni amal qilish muddatini oʼtkazib yubormasdan oʼz vaqtida Oʼzbekiston Respublikasi ID-kartasiga almashtirishlari lozim.

    Shuningdek 16-yoshga toʼlgan birinchi marta Oʼzbekiston Respublikasi ID-kartasini olishi lozim boʼlgan yoshlarimizni ham oʼz vaqtida tuman IIB MvaFRB ga murojaat qilishlarini soʼrab qolamiz.
Maʼlumot uchun: MJtKning 223-moddasi 1-qismida koʼrsatilgan xuquqbuzarlik uchun BXMning 3-barobari ( 900 ming soʼm ) gacha jarima qoʼllaniladi. 

 Qoʼshrabot tumani IIB MvaFRB 
 boshligʼi kapitan Kuvotov Xurshid 
 Madixonovich

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM