PREZIDENT SOVGʼАSI QO'SHRABOTLIK BOLАJONLАRGА TOPSHIRILDI

Bugun, 30-dekabr kuni Yangi yil bayrami munosabati bilan ota-onasidan bevaqt ayrilgan, mehrga muhtoj aziz bolajonlar uchun tumanimiz markazidagi “Nur” restoranida Yangi yil bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.  
 Unda Samarqand viloyati hokimining Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari X.Ochilov, Qo‘shrabot tuman hokimi D.Shakarboyev va barcha sektor rahbarlari ishtirok etishdi.   
Tadbirni tuman hokimi D.Shakarboyev ochib berib, bolajonlarga o‘zining samimiy bayram tilaklarini bildirdi. Shundan so‘ng, Samarqand viloyati hokimining Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari X.Ochilov so‘zga chiqib, barcha bolajonlarni bayram bilan qutladi.
 Murg‘ak qalb sohiblari — bolajonlar uchun Yangi yil bayrami munosabati Prezident sovg‘alari topshirildi va bayram dasturxoni yozildi. Tuman Madaniyat bo‘limi xonandalari hamda 5-son bolalar musiqa va san’at maktabi o‘quvchilari tomonidan tashkil etilgan bayram tomoshasi ishtirokchilar qalbiga yanada ko‘tarinki kayfiyat baxsh etib, bolajonlarning quvonchiga quvonch qo‘shdi. Bayramning kutilgan mehmonlari — Qorbobo va qorqiz tomonidan ham bolajonlarga ko‘plab sovg‘alar ulashildi. Iqtidorli o‘g‘il-qizlar tadbirda o‘z iqtidorlarini namoyon etishib, she’rlar aytishdi, qo‘shiqlar ijro etishdi. Tadbirga tashrif buyurgan barcha bolajonlar ko‘plab sovg‘alar hamda bir olam taassurot va quvonch bilan o‘z uylariga qaytishdi.

Bayram shodiyonalari, sovgʼalar taqdimoti koʼplab koʼngillarga quvonch ulashdi.

  

  

  

  

 

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM