Tumanda qishloq xo`jaligi mahsulotlarini yetishtirish va saqlash

Barchamizga ma’lumki qishloq xo‘jaligi sohasi aholining turmush tarzida keng ahamiyatga ega yo‘nalish hisoblanadi.Istemol uchun asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi maxsulotlarini yetishtirish va tobora oshib borayotgan aholi talabini qondirish bo‘yicha bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan:

- Joriy yilda boshoqli don uchun 192 nafar g‘allachilik fermer xo‘jaliklari tomonidan 7000 gektar lalmikor maydonda “Oqtoshdon” AJ bilan tuzilgan shartnomaga ko‘ra 2,2 sentnerdan tuman bo‘yicha jami 1540 tonaa hosil yig‘ib olindi. Bundan tashqari tumanimizdagi ijtimoiy axvoli og‘ir oilalar uchun saxovat va ko‘mak jamg‘armasiga 80 tonna bug‘doy yig‘ib qo‘yildi.

2023 yil boshoqli don hosili uchun 213 nafar fermer xo‘jaliklari tomonidan shartnomalar tuzilgan bo‘lib 1084 gektar lalmikor yer maydonlariga ekish ishlari rejalashtirilgan, hozirda 7305 gektar maydonga shudgorlash va ekish ishlari olib borildi rejaning qolgan qismi ekish mavsumining oxiriga qadar to‘liq yakunlanadi.

         Tumanimizning Oqtepa massivida jami 73 nafar fermer xo‘jaliklari tomonidan 568 gektr hosilli uzumzorlar parvarish qilib kelinmoqda. Ushbu uzumzorlardan o‘rtacha hosildorlik 100 sentnerdan olingan bo‘lib yillik yalpi hosil 5680 tonnani tashkil etmoqda. Olingan hosilni quritilgan holda asosan tuman bozorlariga olib chiqilmoqda.

- Joriy yildi fermer xo‘jaliklari hamda qishloq xo‘jaligi korxonalariga 562 quti pilla qurti tarqatilgan bo‘lib 33 tonna pilla xomashyosi yetishtirildi.

- Asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi maxsulotlaridan aholi tomorqasida 347 gektar sabzovot 102 gektar dukkakli, 15 gektar poliz, 148 gektar boshqa turdagi ekinlar,

Fermer xo‘jaliklarida esa 40 gektar kartoshka, 21 gektar sabzi, 30 gektar makkajo‘xori ekib hosili yig‘ib olindi.

Tumanda 2022-2023  yil qish va bahor mavsumiga xududiy tayyorlov tashkilotlari tomonidan asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zahiraga jamg‘arish bo‘yicha reja ishlab chiqilgan bo‘lib, rejaga ko‘ra jami 35 nafar korxonalar tomonidan 850 tonna maxsulot shundan 416 tonna kartoshka, 292 tonna piyoz, 127 tonna sabzi va 40 tonna guruch jamg‘arish ishlari amalga oshirildi.

 

 

 

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM