Tabiiy gaz, elektr energiyasi va ichimlik suvini isrof qilmasdan foydalanish borasida ko'rilayotgan choralar to'g'risida qisqacha ma'lumot

      Bugungi kunda energiya samaradorligi dunyodagi eng jidiiy muammolardan biri, u rivojlangan yoki rivojlanayotgan davlat bo'lsin, energiya masalasi kun tartibida birinchi  o'rinlarda turadi.
Dunyo mamlakatlari bilan solishtirganda, O'zbekiston energiya tejamkorligi, samaradorligi bo'yicha 147 ta davlat ichida 87-o'rinni egallagan. Ya’ni biz bu masalada ancha orqadamiz. Bir qarashda 50 kVt/soat isrofgarchilik darajasida ko'p emasdek tuyuladi. Ammo tumanimizdagi 30 minga yaqin iste’molchiga hisoblaganda bu katta raqamlarni xosil qiladi. Qolaversa, xalqimiz turmush darajasi oshmoqda. Yaqin kelajakda o'rtacha iste’mol 500 kV/soatni tashkil qilishi mumkin, buning 25 foizi 125 kv/soatga yetadi va samarasiz sarf xajmi keskin oshib ketadi. Biz bunga yo'l qo'ymasligimiz kerak. O'rganishlar shuni ko'rsatadiki, eng ko'p energiya uyni isitish, xususan suvni isitishga sarflanadi. Ana shu sarfni kamaytirish uchun qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanilsa, davlat xarajatlarining bir qismini qoplab beradi. Ana shunday choralar tejamkorlikka undaydi.    
    Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanida Samarqand viloyati “Suv ta’minoti” MCHJ Qo‘shrabot tuman bo‘limi ichimlik suvini isrof qilmaslik uchun xar bir axoli uchun Arab dasturi asosida 10242 dona suv xisoblagichlar o‘rnatilmoqda va suv jo‘mraklari (kranlar) xonadonigacha tortib berilmoqda. Shuningdek tashkilot tomonidan har bir mahalla markazlarida aholini yig‘ib ichimlik suvini isrof qilmaslik to‘g‘risida tushunchalar berilmoqda. Agarda nosozlik holatlari yuzaga kelsa bartaraf etish uchun tashkilotda maxsus ishchi guruh tashkil etilgan va har qanday nosozliklar o‘z vaqtida xal qilinayotganini ma'lum qilamiz.
“Qo'shrabot tuman gaz” ta'minoti bo'limi Qo'shrabot tumaniga qarashli jami 11 ta maxallada tabiiy gaz mavjud bo'lib va shundan tumangaz “Billinggaz” dasturida 6284 ta iste'molchi mavjud shundan  3857 ta aholi iste'molchilari tabiiy gazdan foydalanib kelinmoqda va 2427 ta xonadon xozirgi kunda suyultirilgan gazga moslashtirilgan (Demontaj) bo'lib ushbu 
xonadonlar tabiiy gazga ulanish maqsadida tumangaz idorasiga murojaat qilib kelishmoqda. 
      Hozirda tumanda 65 ta ulgurji iste'molchilarga  tabiiy gaz yetkazib berilmoqda, Qo'shrabot tumaniga Ishtixon tumani Mitan shaxrida joylashgan MITAN GRSdan chiquvchi Qo'shrabot tugunidan 38 km masofada Mitan –Zarkent yo'nalishi bo'yicha  yuqori bosimli d-219 mm gaz quvuri orqali tabiiy gaz bilan ta'minlanadi.          
     Hozirgi kunda tabiiy gaz bo'yicha aholi iste'molchilarning tabiiy gaz hisob-kitobini yuritish tizimini takomilashtirish va tabiiy gazdan oqilona foydalanish maqsadida iste'molchilarga OSTEN EGXU o'rnatish ishlari yakuniga yetkazildi. Tumangaz ta'minoti  VDGO (Ichki gaz jixozlariga xizmat ko'rsatish) xodimlari tomonidan  3112 ta tabiiy gaz xamda 12565 ta suyultirilgan gaz iste'molchilariga texnik xizmat ko'rsatildi va yil yakuniga qadar to'liq xizmat ko'rsatish ishlari yakuniga yetkaziladi. 
    Bunday zamonaviy tejamkor gaz jihozlarini sotib olish qiyin emas. Iste'molchilarga qulaylik yaratish maqsadida, “Hududgazta'minot” AJ tomonidan mamlakatimizning deyarli barcha viloyatlarida savdo shaxobchalarini tashkil etishlari uchun tadbirkorlarga amaliy yordam ko'rsatildi. U yerda nafaqat sertifikatlangan mahsulotlarni xarid qilish, balki tajribali mutaxassislardan kerakli maslahatlarni ham olish mumkin. Bundan tashqari, gaz ta'minoti tashkilotlari xodimlari xarid qilingan Yangi zamonaviy gaz yondirgichlarining afzalligi, ko'plab foydalanuvchilar tomonidan allaqachon yuqori baholandi. Hozirgi kunda tabiiy gazni isrof qilmaslik tumanimizdagi 4000 ga yaqin tabiiy gaz istemolchilari uy ichki istish tizimlari pechakalarga energiya tejamkor garelkalar o'rnatilib yondirgich ( garelka) qo'yilmoqda bu yondirgichlar iste'molchilarga tabiiy gazni 30-35 foizga tejash orqali iste'molchilarga qulay hamda foydali bo'lmoqda.

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM