Sayyor qabul

Sayyor qabul
Joriy yilning 21-noyabr kuni tuman hokimi Dilshod Shakarboyev Xalq qabulxonasida fuqarolarni qiynayotgan va yеchimi topilishi kerak bo’lgan masalalar yuzasidan navbatdagi sayyor qabuli bo'lib o'tdi.

Qabul davomida asosan ishga joylashish, uy-joy qurish, kredit masalasi, tibbiyot, gaz ta’minoti, nafaqa olish, yo'l qurilishi, moddiy yordam va boshqa masalalar yuzasidan  44 ta fuqarodan 60 ta murojaatlar kelib tushdi.

Ba’zi masalalarga shu yerning o‘zida huquqiy tushuntirishlar berilgan bo‘lsa, vaqt talab etadigan murojaatlar yuzasidan tegishli tashkilot rahbarlariga joyida o‘rganib, qonuniy tartibda amaliy choralar ko‘rish lozimligini ta’kidlandi.

 

 

 

 

2015-2022 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM