Suv resurslaridan samarali foydalanish, qishloq xo`jaligida suv tejovchi texnologiyalarni qo`llash borasida olib borilayotgan ishlar haqida yuzasidan ochiq muloqot 

Ma`lumki keyingi yillarda ob-havo noqulay quruq kelishi oqibatida suv zaxiralari kamayib bormoqda. Bu esa о‘z navbatida suvni tejab ishlatishni talab qiladi. Tumanimizda ham bu borada ishlar olib borilmoqda. Xususan  2019-yil 3 ta fermer xo`jalik tomonidan 404 gektar bog‘ va tokzorlarda suv tejovchi texnologiyalar joriy qilingan bо‘lib bu kо‘rsatgich 2020-yilda 38 ta tashabbuskor tomonidan  868 gektarni tashkil etgan bо‘lsa 2021-yilda  37 ta tashabbuskor tomonidan 1014 gektarni tashkil qildi. Hozirgi kunda jami 169 ta tashabbuskor tomonidan 2286 gektar bog‘ va tok maydonlarida tomchilatib sug‘orish texnologiyasi joriy qilingan  va tashabbuskor tomonidan jami 19.9 mlrd. so`m subsidya mablag‘lari olingan.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-dekabrdagi PQ-4919-sonli qarori bо‘yicha 2022-yilda tumanimizga 745 gektar reja berilgan bо‘lib bugungi kunda tumanimiz salohiyatidan kelib chiqib qо‘shimcha 3000 ga maydonda tomchilatib sug‘orish tizimini joriy qilish bо‘yicha dastur ishlab chiqilgan. Shu kunga qadar 2522 gektar maydonga pudrat shartnomalari tuzilib 445 gektar maydonda qurilish ishlari boshlab yuborilgan, 156 gektar maydonda qurilish ishlari yakunlangan  bo`lib, ishlar jadal tarzda olib borilmoqda.

Ushbu olib borilayotgan tadbirlar bugungi kunda cheklangan resuruslardan biri bo‘lgan suvning tejab ishlatilishi hamda tumanimizda faoliyat olibborayotgan fermer xo‘jaliklarida barpo etilayotgan bog‘ va tokzorlarning sifatli voyaga yetishiga o‘z hissasini qo‘shmoqda desak mubolag‘a bo‘lmaydi.  Natijada yetishtiriladigan oziq ovqatlar tan narxi kamayib tumanimiz iqtisodini oshirishiga misol bo‘ladi.

2015-2024 © Қўшработ туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM